Gap bo‘laklari gapda egallagan mavqeiga qarab ikki turli bo‘ladi: bosh bo‘laklar va ikkinchi darajali bo‘laklar. Ega va kesim gapning bosh bo‘laklaridir. Ular o‘zaro faqat tobe bog‘lanadi. Bosh bo‘laklar gapning grammatik asosini tashkil etadi.
Gap bo‘laklari tuzilishiga ko‘ra ham ikki turga bo‘linadi:
1. Oddiy (sodda) bo‘laklar yakka so‘z bilan ifodalanadi (qo‘shma, juft so‘zlar bilan ifodalansa ham, oddiy bo‘lak hisoblanadi):Darsboshlandi. Usekinjavob berdi.Qo‘lidagiuzuklarqosha-qo‘sha.
2. Murakkab bo‘laklar turg‘un bog‘lanmalar (to‘g‘ri ma'noli va ko‘chma ma'noli), erkin bog‘lanmalar bilan ifodalangan bo‘laklardir: Aravani quruq olib qochish (nima? turg‘un bog‘lanma) sizgayarashmaydi. Uch og‘ayni (kim? erkin bog‘lanma)) shirin suhbat qurishyapti.
Gap bo`laklari va so`z turkumlari
Gap bo`laklari bilan so`z turkumlari quyidagicha farqlanadi:
So`z turkumlari morfologik kategoriya bo`lsa, gap bo`laklari sintaktik kategoriyadir.
2. So`z turkumlarining morfologik xususiystlsri doimiydir, gap bolaklarining sintaktik xususiyatlari o`zgarib turadi.