Ot-kesimni ega bilan bog‘lovchi vosita bog‘lama deb ataladi. Bog‘lama -dir kesimlik qo‘shimchasi (Mehnatning noni shirindir), shu qo‘shimchaga sinonim bo‘lgan bo‘lmoq, hisoblanadi, sanaladi fe'llari (U kishi mening ustozim hisoblanadi), to‘liqsiz fe'llar (U mening do‘stim edi), shuningdek, ot-kesimlarga qo‘shilgan shaxs-son qo‘shimchalari (Men o‘quvchiman) bilan ifodalanadi. Bog‘lama ot-kesimga mayl, zamon, shaxs-son ma’nolarini kiritadi.
Ega va kesim bir-biri bilan shaxsda hamma vaqt mos bo‘ladi: Biz maktab jamoat ishlarida faol qatnashamiz. Ega (Biz) – 1-shaxsda, kesim (qatnashamiz) - 1-shaxsda.
Ega va kesimning sonda mosligi
I. Fe'l kesim I va II shaxsda ega bilan hamma vaqt sonda mos bo‘ladi. Bizyordam berdik.
II. Kesim III shaxsda ega bilan hamma vaqt sonda moslashavermaydi:
1. Kimsani bildirgan III shaxsdagi ega bilan fe'l-kesim sonda mos bo‘ladi: Dehqonlar ishni boshlab yubordilar.
3. Ot kesim ko‘plikdagi ega bilan ko‘pincha moslashmaydi: Uyda akam, opam va singlimbor edi.
4. Gapda eganing aniqlovchisi miqdor son bilan ifodalansa, kesim va ega birlik shaklida bo‘ladi: Uchta qizkeldi.
Ega bilan kesim orasida tirening ishlatilishi
I. Quyidagi holatlarda ega bilan kesim orasiga tire qo‘yiladi:
1. Gapning kesimi bosh kelishikdagi ot bilan ifodalanib, bog‘lama yoki kesimlik qo‘shimchasi bo‘lmasa, egadan keyin tire qo‘yiladi: Toshkent – go‘zal shahar.
2. Gapning egasi yoki kesimi yoxud ularning har ikkalasi harakat nomi bilan ifodalansa va bog‘lama bo‘lmasa, egadan so‘ng tire qo‘yiladi: Kulish – umrni uzaytirish vositasi.