Ega va uning ifodalanishi


Eganing ifodalanishi (davomi)



Yüklə 98,43 Kb.
səhifə3/6
tarix02.02.2023
ölçüsü98,43 Kb.
#82312
1   2   3   4   5   6
6-Gapning bosh бўлаклари.

Eganing ifodalanishi (davomi)

  • Ayrim paytlarda teng aloqadagi bir necha so‘z ham butunicha yoki bo‘lak-bo‘lak ravishda ega bo‘lib kelishi mumkin: Otam bilan akam bozorga ketishdi.
  • Ba'zan ega chiqish kelishigidagi so‘zlar bilan ham ifodalanishi mumkin. Bunday paytlarda haqiqiy ega tushirilgan bo‘lib, undan oldin kelayotgan chiqish kelishigidagi so‘z ega vazifasini ifodalaydigan bo‘lib qoladi: Unda ham bu kitoblardan bor. Bu gapdagi haqiqiy egani tiklash mumkin: Unda ham bu kitoblardan biri bor.

Kesim va uning ifodalanishi

Reja:

  • Kesimning ta’rifi va xususiyatlari.
  • Kesimning ifodalanishi jihatdan turlari:
  • fe’l kesim va uning ifodalanishi;
  • 2) ot kesim va uning ifodalanishi.

    3. Kesimning tuzilish jihatdan turlari:

  • sodda kesim;
  • 2) tarkibli kesim.

    4. Bog`lama haqida ma’lumot.

    5. Ega va kesimning shaxs va sonda mosligi.

    6. Ega va kesim orasida tirening qo`llanishi.

Kesimning ta’rifi va xususiyatlari

Ega anglatgan predmetning predikativ belgisini ifodalaydigan, ega haqidagi hukmni bildiradigan bosh bo‘lak kesim deyiladi.

Kesim o‘zida predikativlikni aks ettiradigan, gapni grammatik jihatdan shakllantiradigan bosh bo‘lak hisoblanadi.

Kesim ifoda materialiga ko‘ra (qaysi so‘z turkumi bilan ifodalanishiga ko‘ra) ikki turga ajratiladi: 1) fe’l kesim; 2) ot kesim.

Kesimning material jihatdan turlari


FE’L KESIM
OT KESIM

Fe’l kesim va uning ifodalanishi

Fe’l kesim. Turli fe’l shakllari bilan ifodalanadigan kesim fe’l kesim deb yuritiladi: Yo‘l chetida zarg‘aldoqlar sayraydi. (P.Q.). O‘rik qiyg‘os gullaganda, birdan havo sovib, laylakqor yog‘ib berdi. (P.Q.).


Yüklə 98,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin