sof yetkazib beruvchilardir, boshqacha qilib aytganda ular investitsiya jarayoniga olganiga
qaraganda koʻp beradilar. Davlat va kompaniyalar pul mablagʻlarining sof xaridorlari hisoblanar
ekan, xususiy investorlarning iqtisodiy oʻsish va rivojlanishni moliyalashtirish uchun pul yetkazib
berishdagi roli juda salmoqlidir.
Investorlar tipi.
Ikki tipdagi investorlar bor: ular institutsional va yakka investorlar
.
Institutsional investorlar
- mutaxassislar boʻlib, ularga begonalarning pulini boshqargani
uchun xak toʻlaydilar. Ularni moliyaviy muassasalar, masalan, banklar, sugoʻrta kompaniyalari,
oʻzaro va pensiya fondlari, hamda yirik nomoliyaviy korporatsiyalar, ayrim xollarda xususiy
shaxslar yollaydilar. Moliyaviy institutlar oʻz omonatchilariga yaxshigina daromadni taʻminlashga
harakat qilib katta summani nvestitsiyalaydilar. Masalan, bankning trast boʻlimi unga ishonib
topshirilgan mablagʻga yetarli daromad toʻlashi lozim; hayotni sugoʻrtalash kompaniyasi
mijozlarga, hamda mijoz vafot etgan holatlarda ular merosxurlariga va oluvchilariga sugoʻrta
mukofoti toʻlaydigan daromadni toʻlashga sugoʻrta badallarini investitsiyalash lozim. Sanoat yoki
savdoga oʻxshash nomoliyaviy kompaniyalar ham koʻpincha ortiqcha pul mablagʻlariga ega
boʻladilar, bush pullar daromad keltirishi yoki joriy operatsiyalarga va istikbolga kapital
qoʻyilmalari talabni koplashga yordam berish uchun omonatga kuyadilar.
Dostları ilə paylaş: