9-Mavzu. Inson resurslari, madaniyat va faoliyat turlari.
Reja:
1.
Inson resurslari asoslari.
2.
Inson resurslarini boshqarishni tashkil etish.
3.
Tashkiliy madaniyat va ishchi kuchi xilma-xilligi.
Rahbar bir qator talablarga javob berishi kerak. "Rahbarlik qilish" degan so'zga izohli
lug'atlarda boshqarish, maslahat berish,
kuzatish, yo'naltirish, ko'rsatma berish degan turli
ma'lumotlar berilgan. Rahbarlik uslubidagi salbiy qusurlarni bartaraf etish degani - bu
boshqarishning barcha unsurlariga e'tiborni kuchaytirish demakdir. Eng avvalo rahbar
yuqoridagi nuqsonlardan xoli bo'lishi va ish uslubini quyidagi
ijobiy fazilatlar zamirida
tashkil qilishi lozim:Rahbar o'z huquq va vakolatidan umumdavlat manfaatlarini jamoa
va xodimlarning shaxsiy manfaatlari bilan uyg'un olib borishda mohirona foydalanish
zarur. Ammo davlat menfaatlariga
putur etkazmasdan, shaxsiy manfaatlar umum
manfaatlarga bo'ysinishi lozim. Ishlab chiqarishni faqat jamoada obro'-e'tiborga ega
bo'lgan
rahbargina
yaxshi boshqaraoladi. Ayni paytda shuni unutmaslik kerakki, obro' faqat xizmat mavqei bilan
emas, balki, awalo, bilim, tajriba, ishga va xodimlarga munosabat bilan orttiriladi.
Rahbar vazmin, har qanday vaziyatda hamo'zini
tuta biladigan, odobli va xushmuomala
bo'lishi zurur. O'z xatti- harakatini nazorat qila oladigan, kayfiyati va sezgilarini tiya
biladigan, yurish turishida bo'ysinuvchilarga o'rnak ko'rsatadigan bo'lishga majburdir.
Buyruq
hammaga ham yoqavermaydi. Shu sababli bo'yinuvchi xodimlarga beriladigan farmoyish
faqat bevosita buyruq shaklida bo'lmasdan, balki topshiriq va vazifa, maslahat tarzida
ham bo'lishi kerak. Bu o'rinda quyidagi ibratli ish uslubini bilish foydadan xoli emas.
Dostları ilə paylaş: