Biznes boshqaruv asoslari



Yüklə 8,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/168
tarix07.01.2024
ölçüsü8,69 Kb.
#209592
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   168
portal.guldu.uz-Biznesni boshqarish asoslari

D. Mak Gregor 
bo‘lib, u boshqaruvchi va 
xodimlarning mehnatga bo‘lgan munosabatini ifodalaydi. 
X (iks) nazariyasi 
bo‘yicha ishchilar ishlashni xohlamaydi, javobgarliqdan qochadi, ular 
tabiatan yalqov, ishyoqmas bo‘ladilar. Shu bois ularni doimo turtib, majburlab, nazorat qilib, 
jazo bilan qo‘rqitib turish kerak. Shundagina ular korxona uchun yaxshi ishlaydilar. 
Y (igrik) nazariyasi
da kishilarga ishonib, qobiliyatlarini rivojlantirib, ular o‘zlarining 
foydaliligi va muhimliklarini his qilishsa, ishdan qoniqish hosil qilishsa, shundagina korxonaga 
katta foyda keltirish mumkin deyiladi. Bu nazariya xodimning o‘z mehnatidan qoniqish hosil 
qilishiga hamkorlik ko‘rsatuvchi: 

xizmatlarning tan olinishi;

xizmatdagi o‘sishi; 

malakasining oshishi; 

mas’uliyatning yuqoriligi 
kabi omillarni motivatsiyaga da’vat etuvchi omillar deb talqin 
qiladi. 
Bu nazariyaga binoan, boshqaruvchi ko‘rsatma beribgina qolmay, har bir kishining 
qobiliyatini ishga yo‘naltiradi. Ishning ko‘zini bilgan rahbar o‘z qo‘l ostidagilariga vakolatlar va 
qabul qilingan qarorlarni bajarishda erkinlik beradi. 
Umuman rahbar oldida quyidagi ikki maqsad turishi kerak:

motivatsiya vositalarini yaxshilash yo‘li bilan qo‘l ostidagilarning norozilik 
darajasini pasaytirib borish;

xodimlarning tashabbusshsh uyg‘otadigan motivatsiyaning kuchli vositalarini qo‘llab, 
ularning ehtiyojlarini to‘laroq qondirish.
Motivatsiyaning ana shunday vosita (regulyator)larini quyidagi jadvalda keltiramiz (5-jadval). 
 
 
 
 
 


5-jadval
Motivatsiya regulyatorlari 
T/ r Motivatsiya 
regulyatorlari 
Motivatsiya omillari 
1. Ishchi kuchi 
• ixcham ish joyi
• shovqinning past bo‘lishi
• ergonomika, dizayn holati
• toza, ozodalik darajasi 
• oshxonaning mavjudligi va h.k. 
2. Rag‘batlantirish 
• yaxshi ish haqi
• mehnatiga yarasha adolatli rag‘batlantirish
• mukofot, dividendlarni berib turish
• sotsial sharoitlarni yaratish (uy-joy, bog‘cha, tibbiy xizmat, tekin ovqatlanish, sport 
va madaniy hordiq). 
3. Xavfsizlik 
• korxonaga zarurligingizni his etish 
• hurmat, kasbdoshlar va rahbarlar tomonidan tan olinishi 
• jamoaga bo‘lgan yaxshi munosabat. 
4. Shaxsiy 
o‘sish, 
yuksalish 
• o‘qish uchun imkoniyat 
• amalga ko‘tarilish imkoniyati
• mas’ullik va ta’sir kuchining o‘sishi
• tashabbus, o‘zini ko‘rsatish va sinash imkoniyati. 
5. Daxldorlik 
hissi 
• ishingizning foydaliligini his etish
• korxona faoliyati, rejalari va istiqboli xaqida axborotlarga egaligingiz
• rahbariyat tomonidan xodimlar fiqrini hisobga olinishi. 
6. Qiziqish va undash • maroqli, qiziq, zavqli ish
• mahoratni o‘stirishni talab qiluvchi murakkab ish
• yuksaluvchi mas’uliyat
• raqobatga chorlovchi samara
• maroqli va murakkab maqsad. 
Muvaffaqiyatga intiluvchi rahbar ana shu regulyator va omillarga asoslanib, o‘z ishonchi 
bilan boshqalarga yetakchi bo‘lib, ular orqali xizmat ko‘rsatadigan mijozlarni g‘alabaga 
ishontiradi atrofiga istiqbolli xodimlarni yig‘ib, ularning hurmatini qozonadi, qo‘l 
ostidagilarni sevadi, ularning muammosini o‘zining muammosi deb tushunadi, ishni yuqori 
darajada bajarishga tadbirkorlik bilan kirishadi. 
Quyida nemis

Yüklə 8,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin