260
Lekin asosiy fondlarning kengaytirilgan takror ishlab chiqarilishini faqatgina
amortizatsiya ajratmalari hisobidan ta’minlab bo‘lmaydi,
chunki amortizatsiya
fondi asosiy fondlarning asosan oddiy takror ishlab chiqarilishiga xizmat qiladi.
Asosiy vositalarning to‘liq tiklanishiga kapital qo‘yilmalar quyidagi manbalardan
safarbar etiladi:
–
foyda va korxonaning boshqa o‘z mablag‘lari;
–
aksiyadorlik yoki ulushli kapital;
–
uzoq muddatli investitsion kreditlar;
–
budjet ajratmalari;
–
budjetdan tashqari fondlarning mablag‘lari;
–
lizing.
12.4. Davlat korxonalarida foyda, uning shakllanishi, taqsimlanishi va
ishlatilishi
Korxonalar o‘z nizomi va qonunchilik doirasida xo‘jalik faoliyatini olib
borishda bozor muhitining xo‘jalik-operativ
mustaqillik, xarajatlarning qiyosiy
tahlili va natijalarning olinishi, korxona ishlab chiqarish-moliyaviy natijalariga
moddiy manfaatdorlik va javobgarlik kabi tamoyillarga asoslanadi.
Aynan mana
shuning uchun korxonalar foydasini taqsimlash tizimi quyidagi asosiy talablarga
javob berishi lozim:
–
birinchidan, korxona kelgusi taraqqiyoti va imkoniyatlarini takror ishlab
chiqarish uchun muhim resurslar hamda jamg‘arish va iste’mol fondining
shakllanishida zarur ehtiyojlarni moliyalashtirishning barqaror manbayi yaratilishi
zarur;
–
ikkinchidan, mehnat jamoasi a’zolari uchun
taqsimlanadigan foydaning
shunday hajmi ta’minlanishi lozimki, buning natijasida jamoa a’zolarining ishlab
chiqarishdagi ishtirokidan manfaatdorligini qo‘llab-quvvatlash uchun mablag‘
yetarli bo‘lsin.
261
Foydasifatida qo‘shilgan qiymatning mahsulot sotish, ishlar bajarish va
xizmatlar ko‘rsatish natijasida yaratilgan qismigina maydonga chiqishi mumkin.
Boshqa
aktivlarni sotishdan, moliyaviy operatsiyalardan tushumlar va boshqa
tushumlar korxona daromadinitashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida soliq bazasi qilib olinayotgan
foyda sifatida yalpi foyda ilgari surilgan, uning tarkibiga mahsulot(ish, xizmat)ni
sotishdan
olingan foyda, asosiy fondlar va boshqa aktivlarni sotishdan olingan
foyda, realizatsiyadan tashqari foyda va zararlar hamda favqulodda foyda va
zararlar kiritilishi ta’kidlangan, yalpi foyda tarkibiga foyda va daromadlarning
kiritilishi bu tushunchalarni chalkashtirib yuborishga olib keldi. Buning natijasida
asosiy faoliyatdagi mahsulot sotishdan olingan foyda
bilan asosiy fondlar va
ko‘chmas mulkni sotish hisobiga kapitalning o‘sishi tushunchalari bir-biriga
aralashib ketgan. Rivojlangan davlatlar amaliyotida ushbu tushunchalar farqlanadi
va turli stavkalarda soliqqa tortiladi.
Foydaning taqsimlanishi jarayonini o‘rganishda asosiy hujjat O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligining 2002-yil 27-dekabrdagi 140-sonli buyrug‘i bilan
tasdiqlangan «Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot» (2-shakl) hisoblanadi.
Ushbu hisobot nafaqat korxonaning asosiy va qo‘shimcha faoliyatidan olingan
buxgalteriya foydasining umumiy qiymatini, balki sof foydani ham aks ettiradi.
Korxonalarda foydaning taqsimlanishini quyidagi
shartli chizma asosida
ko‘rib chiqamiz (12.8-rasm). Mazkur chizmadan ko‘rinishicha, soliq to‘langunga
qadar bo‘lgan korxona foydasi uch xil yo‘nalishda taqsimlanadi:
1) birinchi navbatdagi to‘lovlar;
2) taqsimlanishi lozim bo‘lgan foyda;
3) taqsimlanmagan foyda.
Buxgalteriya hisobidagi foydaning umumiy qiymati va birinchi navbatdagi
to‘lovlar farqi korxonaning sof foydasinitashkil etadi. Birinchi navbatdagi to‘lovlar
tarkibiga budjetga soliqlar, bank kreditlari uchun va boshqa qarzlar uchun foizlar,
chiqarilgan obligatsiyalar uchun foizlar, boshqa to‘lovlar kiradi.
Korxona sof foydasi ikki yo‘nalish bo‘yicha taqsimlanadi:
262
a) taqsimlanishi lozim bo‘lgan foydaga, ya’ni dividendlar to‘lash uchun
ajratiladigan to‘lovlarga;
b) taqsimlanmagan foydaga, ya’ni
asosiy va aylanma kapitalni
moliyalashtirish, moliyaviy zaxirani to‘ldirish, qayta investitsiyalash maqsadlariga
ishlatiladigan mablag‘larga. Taqsimlanmagan foyda miqdorining o‘zgarishi
korxonaning qaroriga bog‘liq bo‘lib, mohiyati jihatidan kapitallashuvi lozim
bo‘lgan foydani ifodalaydi.
Dostları ilə paylaş: