283
Byudjet tashkilotlari byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan Byudjet
tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasini shakllantiradilar. Ushbu jamg‘arma
quyidagi daromadlar va tushumlardan shakllantiriladi:
−
hisobot choragining so‘nggi ish kuni oxirida xarajatlar smetasi bo‘yicha
tejalgan mablag‘lar(kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish
uchun nazarda tutilgan
mablag‘lar bundan mustasno);
−
faoliyat ixtisosligi bo‘yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya
qilishdan olingan daromadlar;
−
byudjet tashkiloti balansida turgan mol-mulkni ijaraga berishdan olingan
mablag‘larning bir qismi;
−
belgilangan tartibda byudjet tashkilotlari tasarrufida qoldiriladigan
mablag‘lar;
−
homiylikdan olingan mablag‘lar.
O‘z navbatida, Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari
quyidagi yo‘nalishlarda ishlatilishi mumkin:
−
avvalovaqtinchamehnatgalayoqatsizlikbo‘yichanafaqalarnivamavjudkredit
orlikqarzlarnito‘lashga;
−
byudjet
tashkilotining
moddiy-texnika
bazasini
mustahkamlash
tadbirlariga;
−
ijtimoiy rivojlantirish va xodimlarni moddiy rag‘batlantirish tadbirlariga.
Byudjet tashkilotida vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha to‘lanmagan
nafaqalar bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan kreditor qarzdorlik mavjud bo‘lsa,
Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tejab qolin-
gan byudjet mablag‘lari doirasida ushbu qarzlarni to‘lashga (ishlar,
xizmatlar,
tovarlar ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha jami xarajatlar o‘rni qoplangandan
so‘ng) sarflanadi. Agar kreditor qarzdorlik byudjet tashkilotining xarajatlari
vaqtincha yetarli miqdorda mablag‘ bilan ta’minlanmaganligi munosabati bilan
paydo bo‘lgan taqdirda, kreditor qarzdorlikning Byudjet
tashkilotini rivojlantirish
jamg‘armasi hisobiga to‘langan miqdori joriy moliya yiliga belgilangan xarajatlar
284
limiti doirasida byudjetdan qoplanadi.
Byudjet tashkilotida vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha to‘lanmagan
nafaqalar va kreditorlik qarz mavjud bo‘lmasa yoxud ushbu qarzlar to‘langan
taqdirda, tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha jami
xarajatlarning o‘rni to‘ldirilgandan keyin Byudjet tashkilotini rivojlantirish
jamg‘armasining qolgan mablag‘lari (homiylik yordami, beg‘araz yordam miqdori
bundan mustasno):
−
tushgan barcha mablag‘larning kamida 75 foizi moddiy-texnika bazani
mustahkamlashga;
−
ko‘pi bilan 25 foizi byudjet tashkilotlari xodimlarini ijtimoiy himoya
qilish va moddiy rag‘batlantirish tadbirlariga sarflanadi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan byudjet tashkilotiga ko‘rsatilgan
homiylik mablag‘larining barcha summasi, agar homiy bilan maxsus holda
kelishilmagan bo‘lsa, byudjet tashkilotining moddiy-texnika bazasini mustahkam-
lashga sarflanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1275-
sonli Qarorining 25-bandiga muvofiq, 2010-yildan boshlab
vazirlik va idoralar-
ning, byudjet tashkilotlarining barcha byudjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘-
larini davlat byudjetining g‘azna ijrosi mexanizmi bilan qamrab olish amalga
oshiriladi. Bunda, byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yi-
cha bank hisobvaraqlari yopilib, G‘aznachilikda tegishli shaxsiy hisobvaraqlar
ochiladi.
Byudjet tashkilotlarining davlat byudjetining g‘azna ijrosi bilan qamrab olin-
gan byudjetdan tashqari mablag‘lari quyidagilardan iborat:
−
Byudjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg‘armasi;
−
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari
Pensiya jamg‘armasining ijtimoiy nafaqalarni to‘lash uchun mablag‘lari;
−
Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘ar-
masi;
−
o‘tgan yillar debitorlik qarzlarining tushgan summasi;
285
−
maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalardan
tushumlar;
−
maktabdan tashqari muassasalarda(musiqa va san’at maktablari)bolalar
ta’minoti uchun ota-onalardan tushumlar;
−
xodimlardan, ular ishlayotgan joyida ovqatlanganligi bo‘yicha hisob-
kitoblardan tushadigan tushumlar;
−
maktab-internatlar va litseylarda bolalarning ta’minoti uchun ota-onalar-
dan tushumlar;
−
ta’lim muassasalarida o‘qishdan tushadigan mablag‘lar;
−
vazirlik va idoralarning ajratmalar hisobiga
shakllanadigan byudjetdan
tashqari jamg‘armalari;
−
umumta’lim muassasalarida darsliklar ijarasi to‘lovidan tushgan byudjet-
dan tashqari mablag‘lar;
−
kapital qo‘yilma mablag‘lari bo‘yicha depozitlar;
−
turg‘un davolash-profilaktika muassasalarida davolanayotgan bemorlar-
dan ovqatlanish uchun undiriladigan to‘lovlar.
Xulosa qilib aytganda, byudjet tashkilotlarining qonunchilik bilan belgilab
qo‘yilgan rasmiy manbalardan oladigan daromadlari
va tushumlari hamda ular
bo‘yicha xarajatlarni amalga oshirish davlat byudjeti g‘azna ijrosi mexanizmlari
bilan qamrab olingan bo‘lib, byudjet tashkilotiga tegishli mablag‘larning
(byudjetva nobyudjet) samarali, maqsadga muvofiq va oqilona ishlatilishini
ta’minlash uchun xizmat qiladi, bu mablag‘larning shakllanishi va ishlatilishining
dastlabki va joriy nazoratini amalga oshirish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: