Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1.
Davlat korxonalarining qanday tashkiliy shakllari mavjud, ularnng faoliyati
qaysi me’yoriy hijjatlar bilan tartibga solinadi?
2.
Davlat korxonalari moliyasining mazmuni va o‘ziga xos xususiyatlari
nimalarda namoyon bo‘ladi?
286
3.
Davlat korxonalari moliyaviy resurslarining shakllanish manbalari va
ishlatish yo‘nalishlari nimalardan iborat?
4.
Davlat korxonalarida foydaning shakllanishi, taqsimlanishi va ishlatilishini
tushuntirib bering.
5.
Davlat korxonalarida pul fondlarining shakllanishi va taqsimlanishi qanday
amalga oshiriladi?
6.
Byudjet tashkilotlari moliyasining o‘ziga xos xususiyatlari nimalarda
namoyon bo‘ladi?
7.
Byudjet tashkilotlari moliyaviy rejasi - smetaning elementlari va
smetalarning turlarini tushuntirib bering.
8.
Smetalarni tuzish, tekshirish, tasdiqlash, ro‘yxatga olish va moliyalashtirish
tartibi qanday, bu jarayonlar qaysi me’yoriy hijjatlar bilan tartibga solinadi?
9.
Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘lari manbalari va
ularni ishlatish yo‘nalishlari nimalardan iborat?
10.
Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha jam-
g‘armalar qanday guruhlanadi?
Mustaqil o‘rganish uchun topshiriqlar
1.
Davlat korxonalari moliyaviy resurslarining shakllanish manbalari va
ishlatish yo‘nalishlarini aks ettiruvchi klaster tayyorlang.
2.
Davlat korxonalarida foydaning shakllanishi, taqsimlanishi va ishlatilishi
to‘g‘risida tahliliy ish tayyorlang.
3.
Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘lari manbalari va
ularni ishlatish yo‘nalishlari qaysi umumiy va maxsus qabul qilingan me’yoriy
hujjatlar bilan tartibga solinishini aks ettiruvchi chizma tayyorlang.
4.
Me’yoriy hujjatlarni o‘rganish asosida byudjet tashkilotlari byudjetdan
tashqari mablag‘larining guruhlanishi, ular bo‘yicha shaxsiy hisobraqamlarning
yuritilishi, yuridik va moliyaviy majburiyatlarni bajarish bo‘yicha javobgarlik
kabilarni aks ettiruvchi umumlashma jadval tayyorlang.
|