Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


Bilimgaasoslanganiqtisodiyottizimi



Yüklə 3,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə140/205
tarix07.01.2024
ölçüsü3,44 Mb.
#209722
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   205
Давлат молияси Дарслик- (2)

 
Bilimgaasoslanganiqtisodiyottizimi
Resurslar
Bilimlar
Mehnat resurslari 
Tabiiy resurslar 
Kapital 
Mavjud bilimlar 
Yangi yaratilgan bilimlar 
Bilimlarni ishlatish 
Bilimga asoslangan iqtisodiyot tizimi amal qilishining samarasi
Tannarxning arzonlashishi 
Strategik raqobat ustunligi 
Insonni rivojlantirish 


304 
Insoniyat bugungi kunda ega bo‘lgan bilimlarning 90,0 foizi so‘nggi 30 yil 
ichida yaratilgan. Umuman, jahonda bilimlarni birinchi marta ikki barobarga 
ko‘paytirish uchun bir ming yetti yuz yil (milodiy I-XVII asrlar) kerak bo‘ldi. 
Bilimlarning ikkinchi bor yana ikki marotabaga ortishi esa bir ming to‘qqiz 
yuz(1900) yilda sodir bo‘ldi. Bilimlarning uchinchi marta yana ikka karraga 
ko‘paygan sanasi sifatida 1950-yil ko‘rsatiladi.
Sivilizatsiyaning butun tarixi davomida yetishib chiqqan olimlar va 
muhandislarning 90,0 foizi ham zamondoshlarimizdir. 
XXI asrni – axborot asri deb atalishi bejiz emas. Ushbu mingyillik boshiga 
kelib axborot hajmi 30 barobarga ortdi.
Bilimlarga asoslangan iqtisodiyot tizimida bilimlardan resurs sifatida 
foydalanish – bilimlarni joriy etish, birinchi navbatda, innovatsion jarayonni 
amalga oshirish bilan bog‘liqdir. Bilimlarni joriy etish samarasi, eng avvalo inson 
farovonligini aks ettiradigan uning salomatligi, turmush darajasining sifati va umr 
ko‘rish davomiyligida o‘z ifodasini topadi.
Tovarlar va xizmatlar tannarxini arzonlashtirishga xizmat qiladigan 
bilimlardan foydalanish ishlab chiqaruvchilarga raqobatda strategik ustunlik 
beradi. Natijada korxonalar va ular xodimlarining daromadlari ortadi. Pirovard 
natijada esa bu milliy iqtisodiyot barqaror yuqori sur’atlarda o‘sishini ta’minlaydi. 
Bundan tashqari, daromadlarni qayta taqsimlashga qaratilgan davlat siyosati ta’lim, 
sog‘liqni saqlash, madaniyat sohalarini, aholini ijtimoiy himoya qilish dasturlarini 
moliyalashtirishni ko‘paytiradi. 
Innovatsiya (inglizcha “innovationas” –“kiritilgan yangilik”, “ixtiro” 
so‘zidan) – fan-texnika yutuqlari va ilg‘or tajribaga asoslangan texnika, texnolo-
giya, boshqarish va mehnatni tashkil etish kabi sohalardagi yangiliklar, shuningdek 
ularning turli sohalar va faoliyat doiralarida qo‘llanilishidir.
Keng ma’noda innovatsiya deyilganda yangi texnologiyalar, mahsulot va 
xizmatlar turlari sifatidagi yangiliklar, ishlab chiqarish, moliya, tijorat, ma’muriy 
yoki boshqa xususiyatlarga ega tashkiliy-texnikaviy va ijtimoiy-iqtisodiy qarorlar-
dan samarali foydalanish tushuniladi. Yangilik g‘oyasining tug‘ilishi, uning yarati-


305 
lishi va ommalashishidan boshlab foydalanishgacha bo‘lgan vaqtni innovatsiya-
ning hayotiy tsikli deb atashadi. Ana shular bilan bog‘liq ishlarni olib borish tartibi 
hisobga olingan holda innovatsiyaning hayotiy tsikliga innovatsiyajarayonisifatida 
qaraladi. 
Mamlakatdagi innovatsion tizimni quyidagicha ifodalash mumkin (14.3-
rasm). 

Yüklə 3,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin