321
Shuningdek, innovatsiyalar orqali ishlab chiqaruvchilar samarali raqobat
ustunligiga ega bo‘lishi mumkinligini alohida qayd etib o‘tadi.
Innovatsiyalarga iqtisodiy rivojlanishga o‘zining sezilarli hissasini qo‘shish
bilan birga, birinchidan, innovatsion mahsulot (ish, xizmat)larning asl nusxalari
yaratuvchida qolib, iste’molchiga uning nusxasi sotiladi. Ikkinchidan, cheklangan
resurslar sharoitida cheklanmagan inson salohiyati resursidan foydalanish imkoni
shart-sharoit yaratiladi. Natijada, innovatsion faoliyatning rentabellik darajasi
sezilarli darajada ortib, ilmiy sig‘imkorlik oshib borgan sari tannarxning kamayib
borish tendentsiyasi yuzaga kelishiga imkoniyat yaratiladi.
Umuman olganda, innovatsiyalar degan savol o‘rtaga qo‘yilganida ko‘p
sonli mutaxassislar uni yangilik bilan bir xil ekanligini qayd etishadi.
Innovatsiyalar bilan yangilik o‘rtasida sezilarli darajada farqlar mavjud.
Jumladan, innovatsiya degan maqomga ega bo‘lishi uchun, avvalo, yangi g‘oya
quyidagi talablarning ko‘p qismiga javob berishi shart, deb hisoblaymiz
144
:
−
vaqtning tejalishi;
−
xarajatlarning kamaytirilishi (resurslarni tejashi);
−
ekologik holatga salbiy ta’sir etmasligi.
2017-yilda e’lon qilingan Xalqaro innovatsion indeksning umumiy
reytingida O‘zbekiston qayd etilmagan bo‘lmasa-da, subko‘rsatkichlardan birida
ko‘rsatib o‘tilgan. Jumladan, oliy ta’limda qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida ta’lim
oluvchi talabalarning ulushi bo‘yicha dastlabki beshta iqtisodiyotning ikkinchisi
sifatida qayd etib o‘tildi. Umuman olganda, 2017-yilda mazkur indeks oziq-ovqat
xavfsizligi nuqtainazaridan ishlab chiqildi.
Qishloq xo‘jaligi sohasidagi tadqiqotlarga qilingan xarajatlarga e’tibor
qaratsak eng ko‘p mablag‘ sarflash bo‘yicha Hindiston 3,857, Koreya Respublikasi
1,521, Xitoy 1,149, Niderlandiya 1,145 va Avstraliya 0,842 ming. AQSh dollari
miqdorida mablag‘larni yo‘naltirmoqda. Shuningdek, qishloq xo‘jaligining
Dostları ilə paylaş: