Kompyuterga xizmat ko‘rsatuvchi dasturiy ta’minot. Reja 1.Arxivlash dasturlari.
2.Antivirus dasturiy vositalar.
3.Kompyuter viruslari xarakteristikasi.
4.Fayllar va disklarga hizmat ko‘rsatuvchi dasturlar.
Kompyuterlar bilan ishlash paytida axborot (fayl, dastur) o’chib ketishi mumkin. Bunga turli sabablar bo’lishi mumkin. Axborotni himoyalash uchun uning zahira nusxalari arxiv holda bo’lishi lozim. Arxivlash saqlanayotgan axborotni ixchamlashga imkon yaratadi. Boshqa tomondan, axborotning kompyuterlar orasida axborot tashuvchi orqali ko’chirilishi doimo qulay, ayniqsa, ixcham yoki zichlangan holda.
Arxivlar (fayllar tahlami) yaratilish uchun maxsus dasturlar –arxivatorlar qo’llaniladi. Arxivatorlar axborotni maxsus ixchamlashtirish usullarini qo’llash yordamida fayllarni kichik o’lchamli nusxalarini yaratadi va bir necha fayllar nusxalarini yagona arxiv faylga jamlashi mumkin.
Arxivatordasturlar.Arxiv fayl yaratishda quyidagi dasturlar qo’llaniladi, ularni ikki sinfga bo’lish mumkin:
Ixchamlovchi, tahlovchi dasturlar, arxivatorlar;
Zahira nusxa olish dasturlari.
Tahlovchi dasturlar axborotni ixchamlashning maxsus usullarini kullash yordamidafayllarning kichik ulchamli nusxalarini yaratadi va bir necha fayllar nusxalarini yagona arxiv faylga jamlashi mumkin. Zahira nusxa olish dasturlari kattik diskdagi axborotni stimer kassetalari yoki disketaga nusxasini olish uchun muljallangan.
Arxiv fayl. Arxiv fayl ixcham holda joylashtirilgan bir yoki bir necha fayllar yig’indisidan iborat bo’lib, yaxlit fayldan ularning zarurat tuGilishida dastlabki kurinishda chikarib olish mumkin. Arxiv fayl uzida mundarijani aks ettiradi va unda quyidagi axborot mavjud:
Fayl nomi, katalog haqida ma’lumot, faylni aniklash sanasi va vakti, diskdagi fayl ulchami, arxivdagi ulchami, arxiv butunligini tekshirish uchun har bir faylni tsiklik nazorati, Arj, Pkzip, JHA, Pkpak, Jce.