311
Hudular kesimida asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilishi bo‘yicha
o‘tgan yilning mos davriga nisbatan eng yuqori o‘sish sur’ati 2,3 martta ko‘payish
Navoiy viloyatida kuzatildi. Bu asosan qimmatli metall konlarini ozlashtirish
bo‘yicha investitsiyalar bilan bog‘liq. Namangan viloyatinig o‘tgan
yilning mos
davriga nisbatan 133,4 % o‘sishi asosan To‘raqo‘rg‘on tumanida issiqlik elektr
stansiyasi qurilishi bilan bog‘liq. Surxondaryo viloyatida ham yuqori o‘sish
kuzatilib, ushbu hududdagi yirik investitsiya loyihalaridan
Sherobod tumanida
sement zavodining qurilishini keltirish mumkin. Toshkent viloyatida ham yuqori
o‘sish sur’ati 147,8 % kuzatilib, bu hududda Yoshlik-1 konini o‘zlashtirish
bo‘yicha investitsiyalarning jadal o‘zlashtirilayotgani bilan bog‘lash mumkin.
14.8-rasm. 2018-yil yanvar-iyun oylarida hududlar kesimida asosiy kapitalga
investitsiyalar
141
Buxoro viloyatida asosiy kapitalga investitsiyalar o‘tgan yilga nisbatan
keskin tushishi – 59,1 %. Bu albatta o‘tgan yillarda
ushbu hududda yirik
investitsiya loyihasi – gazni qayta ishlash zavodi kompleksi qurilishi bo‘yicha
investitsiyalarning katta bo‘lgani bilan izohlanadi.
Asosiy kapitalga investitsiyalarning o‘zlashtirilgan hajmi bo‘yicha hudular
kesimida Toshkent shahri hamon yetakchilik qilmoqda.
Ushbu hududda jami
asosiy kapitalga investitsiyalarning 24,3 %i o‘zlashtirildi.
141
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistikasi qo‘mitasining rasmiysayti www.stat.uz
ma’lumotlari asosida tuzildi.
312
Shuningdek Buxoro viloyatida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan tushish
kuzatilgan bo‘lsada, investitsiyalar hajmi bo‘yicha Respublikadagi ulushi Toshkent
shahridan keyingi o‘rinda 11,0 % ni tashkil etmoqda.
Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarida ushbu ko‘rsatkich mos ravishda 10,2
va 10,7 %ni tashkil etdi.
Xorazm hamda Jizzax viloyatlarida investitsiyalarning
Respublikadagi
ulushi 2,8 va 3,0 %ni tashkil etgan bo‘lsa, Sirdaryoda bu ko‘rsatkich bo‘yicha eng
kami bo‘ldi – 1,8 %.
Dostları ilə paylaş: