Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi



Yüklə 3,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə172/205
tarix07.01.2024
ölçüsü3,44 Mb.
#209722
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   205
Давлат молияси Дарслик- (2)

birinchidan,
mehnatgahaqto‘lashfondigasoliqyukiquyidagilarorqalikamaytiril
ishi ko‘zda tutilgan: 


387 
-
barcha fuqarolar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining 
yagona stavkasini 12 foiz miqdorida joriy etish, shundan 0,1 foizini shaxsiy 
jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga yo‘naltirish. Bunda, ayrim 
toifadagi fuqarolarning eng kam oylik ish haqining 4 baravari miqdoridagi 
daromadlarini soliq solishdan ozod qilishning amaldagi tartibi saqlab qolinadi;
-
fuqarolarning mehnatga haq to‘lash turidagi daromadlaridan Byudjetdan 
tashqari pensiya jamg‘armasiga ushlab qolinadigan sug‘urta badallarini bekor 
qilish; 
-
pensiya tizimining barqarorligini ta’minlash maqsadida byudjet tashkilotlari 
va davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va 
undan ko‘proq miqdorda bo‘lgan yuridik shaxslar, ustav jamg‘armasi 
(kapitali)ning 50 foizi va undan ko‘proq miqdori davlat ulushi 50 foiz va undan 
ko‘proq bo‘lgan yuridik shaxsga tegishli yuridik shaxslar hamda ularning tarkibiy 
tuzilmalari uchun yagona ijtimoiy to‘lovni 25 foiz miqdorida belgilash, 
shuningdek, boshqa yuridik shaxslar uchun ushbu to‘lov stavkasini 15 foizdan 12 
foizgacha pasaytirish; 
ikkinchidan, 
oborot (tushum)dan soliqlarni optimallashtirgan holda 
umumbelgilangan va soddalashtirilgan soliqlar to‘lovchilarni soliqqa tortish, 
shuningdek, soliq solishning soddalashtirilgan tartibiga o‘tish mezonlari 
quyidagilar orqali takomillashtiriladi: 
-
davlat maqsadli jamg‘armalariga yuridik shaxslarning oboroti (tushumi)dan 
undiriladigan majburiy ajratmalarni bekor qilish; 
-
yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkasini 14 foizdan 12 
foizgacha, tijorat banklari uchun – 22 foizdan 20 foizgacha pasaytirish, 
shuningdek, mobil aloqa xizmati ko‘rsatayotgan yuridik shaxslar (uyali aloqa 
kompaniyalari) uchun rentabellik darajasidan kelib chiqib ular uchun qo‘shimcha 
foyda solig‘i hisoblash tartibini bekor qilgan holda 14 foizdan 20 foizgacha 
oshirish; 
-
dividendlar va foizlar ko‘rinishidagi daromadlar bo‘yicha to‘lov manbaidan 
ushlab qolinadigan foyda solig‘i stavkasini 10 foizdan 5 foizgacha pasaytirish; 


388 
-
o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha yillik oboroti (tushumi) 1 milliard so‘mdan 
oshgan yoki yil davomida belgilangan chegaraviy miqdorga etgan korxonalarni 
umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tkazish. Bunda, yillik oborot (tushum)ning 
1 milliard so‘m etib belgilangan chegaraviy miqdori 3 yilda kamida bir marta qayta 
ko‘rib chiqiladi; 
-
barcha tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan oboroti (tushumi) 1 milliard 
so‘mgacha bo‘lgan yuridik shaxslar uchun yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i, 
er solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni joriy etish; 
-
qo‘shimcha foyda solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibini, shu jumladan 
royalti to‘lashni joriy etish orqali takomillashtirish; 
uchinchidan, 
soliq solishning soddalashtirilgan tartibib o‘yicha soliq 
to‘lovchilarga 
soliq 
siyosatini 
takomillashtirishning 
salbiy 
ta’sirini 
kamaytirishchoralariquyidagilarorqaliamalgaoshiriladi: 

yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasini, bino va 
inshootlardan, shu jumladan ilgari xususiylashtirilgan obyektlardan samarasiz 
foydalanayotgan yuridik shaxslar uchun oshirilgan stavkada soliq hisoblash 
tartibini saqlab qolgan holda, 5 foizdan 2 foizga pasaytirish; 

yillik oboroti (tushumi) 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan soliq to‘lovchilar 
uchun oborotdan (tushumdan) soliqni 4 foiz miqdordagi bazaviy stavkadan kelib 
chiqib hisoblash va to‘lash tartibini hamda qo‘shilgan qiymat solig‘ini ixtiyoriy 
ravishda to‘lash imkoniyatini belgilash; 

yagona yer solig‘i to‘lovchilar uchun soliq solish tartibini saqlab qolish. 
to‘rtinchidan, qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘ini hisoblash va 
to‘lash tartibi quyidagilar orqali takomillashtiriladi: 

qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘liq hisobga olish tizimini joriy etish, soliq 
solish bazasini aniqlashtirish va imtiyozlar sonini kamaytirish, shuningdek, 2019 
yil yakuni bo‘yicha mazkur soliq stavkasi miqdorini pasaytirish orqali qo‘shilgan 
qiymat solig‘ining 20 foiz miqdordagi amaldagi stavkasini saqlab qolish; 


389 

hozirgi vaqtda sotib olinadigan asosiy vositalar, qurilishi tugallanmagan 
obyektlar va nomoddiy aktivlar narxiga kiritiladigan qo‘shilgan qiymat solig‘ini 
hisobga olish summalariga kiritish huquqini berish

tegishli tadbirlarni moliyalashtirish uchun mablag‘larni respublika 
byudjetiga o‘tkazgan holda, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar 
uchun har bir ishlab chiqariladigan mahsulot birligiga o‘rnatilgan aktsiz va 
yig‘imlarni birlashtirish. 
-
O’tgan davr mobaynida soliq yukini kamaytirish, soliq tizimini 
soddalashtirish va teng raqobat sharoitini yaratish, investorlar uchun uzoq 
muddatga mo’ljallangan soliq siyosatini belgilash natijasida tadbirkorlik 
sub’ektlariga soliq stavkalari pasaytirilib, yuridik shaxslarning mol-mulkiga 
solinadigan soliq stavkasi 5 foizdan 2 foizga, foyda solig’i 14 foizdan 12 foizga, 
dividend solig’i 10 foizdan 5 foizga kamaytirildi. Byudjetdan tashqari davlat 
maqsadli jamg’armalariga ajratmalar esa bekor qilindi. Soliq solish tizimi 
soddalashtirilib, soliq turlari 19 tadan 15 taga qisqartirildi, yagona ijtimoiy to’lov 
va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i hisobotlari birlashtirildi, 
qo’shilgan qiymat solig’i hisobotining 9 ta ilovasi 5 taga tushirildi, hisobvaraq-
faktura shakli soddalashtirildi. Natijada joriy yilning birinchi yarmi uchun 
belgilangan byudjet daromadlarining prognoz ko’rsatkichlari 108,4 foiz bajarildi, 
o’sish sur’ati 161 foizni tashkil etdi. Soliq qarzi yil boshiga nisbatan 1,1 trln. 
so’mga kamaydi. 
-
Qo’shilgan qiymat solig’i to’lovchilar soni yil boshiga nisbatan 6 barobarga 
ko’payib, joriy yilning 1 iyul holatiga 41,7 mingtaga etdi va buning natijasida 11,2 
trln. so’m tushum ta’minlandi, o’tgan yilning mos davriga nisbatan 5,2 trln. 
so’mga (187,7 foiz) o’sdi. Davlat soliq qo’mitasining rasmiy veb-saytida ro’yxatga 
olingan alohida guvohnoma joriy etilishi hisobiga 48 mingta soliq to’lovchiga 
guvohnoma berildi. Natijada tadbirkorlik sub’ektlariga biznes yuritishda boshqa 
sub’ekt bilan shartnoma yoki bitim tuzishdan oldin ushbu sub’ektning qo’shimcha 
qiymat solig’i to’lovchisi sifatida ro’yxatga olinganini tekshirish imkoni yaratildi. 


390 
Fermer xo’jaliklari buxgalteriya hisobini yuritishi uchun alohida dasturiy mahsulot 
yaratilib, ular tajriba sinovidan o’tkazilmoqda. Joriy yilning olti oyida 55,5 mingta 
tadbirkorlik sub’ekti yangidan tashkil etilgan bo’lib, o’tgan yilning mos davriga 
nisbatan 27,1 mingtaga (195,4 foiz) ko’paygan. 
-
Alohida e’tirof etilganidek, soliq organlarining eskicha ishlash printsipidan 
voz kechilib, ularni tekshirish o’tkazib katta miqdorda jarima qo’llaydigan emas, 
oldindan profilaktika qilish, servis xizmati ko’rsatadigan organga aylantirish 
maqsadida soha xodimlarining malakasini oshirish, “aqlli soliq yig’ish”ga o’tish 
ishlari boshlandi. Tizim shaffofligini ta’minlash uchun faoliyatni baholashning 
asosiy mezonlaridan biri – soliq to’lovchilarning ko’rsatilayotgan xizmatlardan 
rozilik (qoniqish) darajasi kiritildi. Soliq to’lovchilarga xizmat ko’rsatish zallarida 
“elektron navbat” tartibi ishlab chiqildi. 
-
Hukumat soatida bu borada erishilayotgan natijalar bilan bir qatorda sohada 
yo’l qo’yilayotgan kamchiliklar, mavjud muammo va echilishi lozim bo’lgan 
masalalarga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan, deputatlar Prezidentimizning 
2018 yil 29 iyundagi farmonida belgilangan ustuvor vazifalarning to’liq va o’z 
vaqtida ijrosini ta’minlash maqsadida unda belgilab berilgan va ijrosi 
kechiktirilayotgan qonun hujjatlarini takomillashtirishga oid muhim bandlarni 
bajarish yuzasidan aniq “yo’l xaritasi”ni ishlab chiqib, Qonunchilik palatasiga 
taqdim etish, shuningdek, Harakatlar strategiyasi asosida soliq yukini kamaytirish 
va soliq solish tizimini yanada soddalashtirish, soliq ma’muriyatchiligini 
takomillashtirishga qaratilgan vazifalarni yanada izchil, tizimli davom ettirish kabi 
muammoli holatlar yuzasidan bir qator savollar bilan murojaat etdilar. 
-
Deputatlarning fikricha, davlat soliq xizmati organlari xodimlari soliq 
to’lovchilarning, shu jumladan, qo’shilgan qiymat solig’i va yuridik shaxslarning 
foyda solig’ini hisoblab chiqish hamda to’lash bo’yicha malakasini muntazam 
oshirib borishi, soliq hisobotini soddalashtirish, uning avtomatlashtirilgan 
buxgalteriya 
hisobini 
yurituvchi 
dasturiy 
mahsulotlar 
bilan 
tezkor 
integratsiyalashuvini, byudjet tizimi byudjetlarining prognoz parametrlari 


391 
bajarilishini ta’minlash yuzasidan qo’shimcha choralar ko’rishi kechiktirib 
bo’lmaydigan dolzarb masalalardan hisoblanadi. 

Yüklə 3,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin