5.1.2. Komponentni ichki sxematik tasvirga RTL translyatsiya qilish .
Loyiha fayllari ro‘yxatida komponentni tanlang, keyin mavjud jarayonlar
oynasida tanlangan fayl uchun bajarilishi mumkin bo‘lgan operatsiyalar ro‘yxati
paydo bo‘ladi.
Qurilmaning sxematik ko‘rinishi
Design Entry Utilities > Create Schematic Symbol orqali yaratiladi. Ushbu elementni ikki marta bosish komponentning
sxematik tasvirini sintez qilishni boshlaydi, sintezning borishi va natijalar pastki
oynadagi tizim xabarlari konsolida ko‘rsatiladi. Translatyatsiya natijasi haqidagi
xabarlarni tahlil qilish kerak, chunki bu operatsiya tavsifning to‘g‘riligini
tekshiradi va odatdagi kompilyatsiya qoidalariga muvofiq komponentni sintez
qiladi. Tavsifda, shu jumladan uslubiy xatolarda xato xabari ko‘rsatiladi va
komponent yaratilmaydi.
5.7-rasmda translyatsiyani muvaffaqiyatli tugatgandan so‘ng "
Project Navigator " oynasini tasviri ko‘rsatilgan. Jarayonlar daraxtiga asosiy operatsiyalar
qo‘shiladi, ular qurilmani loyihalash bosqichlariga mos keladi - translyatsiya
qilish, sintez qilish, amalga oshirish (joylashtirish va marshrutlash), FPGA
dasturlash uchun faylni yaratish.
5.2. Funktsional modellashtirish .
a) Modellashtirish uchun Model Technology Incorporated (ModelSim)
komponentidan foydalaniladi. Xilinx ISE ga ulanganligiga ishonch hosil qilish
kerak. ModelSim-ga loyiha papka yo‘lni aniqlash uchun
Edit menyusidan
Preferences -ni tanlang va
Partners Tool -ni tanlang (5.8-rasm). Yo‘l ilovani o‘z
ichiga olgan katalogga ishora qilishi kerak. Bu o‘zgarishlar
Project Navigator dan
chiqib, qayta ishga tushirilgandan keyingina kuchga kiradi.
68
5.7-rasm. Yangi komponent yaratgandan so‘ng oynaning tasviri.
69
5.8-rasm. ModelSim katalog yo‘lini o‘rnatish uchun muloqot oynasi.
b) Kirish testlari ketma-ketligini shakllantirish uchun loyihaga yangi manba
New Source ni qo‘shish (turi -
Test Bench Waveform ) kerak. Sxematik muharrir
yoki VHDL fayli bilan yaratilgan faylni tanlang. Kirish portlari uchun test ketma-
ketligini o‘rnatilib (5.9-rasm) fayl saqlanadi.
v) Simulyatsiya ikki marta bosish orqali "
Processes for Current Source "
Design Entry Utilities > Launch MolelSim oynasidan ishga tushiriladi (5.10-rasm).
70
5.9-rasm. Kirish ketma-ketligini yaratish uchun oyna