1
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA
KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
«VLSI TIZIMINI LOYIHALASHTIRISH»
FANIDAN AMALIY MASHG‘ULOTLARNI BAJARISH BO‘YICHA
O‘QUV QO‘LLANMA
5A330501 – Kompyuter injiniringi (Kompyuter tizimlarini loyihalashtirish)
yo‘nalishi magistrantlari uchun
TOSHKENT 2022
2
«VLSI tizimini loyihalashtirish» fanidan amaliy ishlarni bajarish bo‘yicha o‘quv
qo‘llanma. 172 bet. Toshkent, 2022.
Ushbu o‘quv qo‘llanmada «VLSI tizimini loyihalashtirish» faniga tegishli
bo‘lgan, VLSI tizimini loyihalashtirishga oid asosiy tushunchalar, P-CAD ALT da
analog va raqamli elektron qurilmalar bosma platasini yaratish, FPGA arxitekturasi
va qurilma tillarining tasnifi, sxemaviy vositalarida, sun’iy neyron tarmoqlari
qurilmalarini VLSI da loyihalshga oid mavzular bo‘yicha talabalarga Davlat ta’lim
standartlari asosida etkazilishi kerak bo‘lgan ma’lumotlar keltirilgan. O‘quv
qo‘llanma
5A330501
– Kompyuter injiniringi (Kompyuter tizimlarini
loyihalashtirish) mutaxassisligi magistrantlari uchun mo‘ljallangan.
3
KIRISH
Ushbu o‘qiv qo‘llanmada ALT amaliy dasturlar to‘plami yordamida analog
va raqamli elektron qurilmalar uchun bosma platalarni loyihalash asoslarini
o‘rganish uchun asosiy bilimlarni olish bo‘yicha ko‘rsatmalar keltirilgan.
Shuningdek, HDL apparat tavsifi tili va CAD FPGA QUARTUS Altera va Xilinx
ISE yordamida raqamli qurilmalar sintezi vositalarini o‘rganish masalalarini o‘z
ichiga oladi.
Jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida yangi axborot texnologiyalariga
asoslangan kompyuter yordamida loyihalash usullarini yanada rivojlantirish
ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Axborotlashtirishning milliy tizimini
shakllantirish, iqtisodiyot va jamiyat hayotining barcha sohalarida zamonaviy
axborot texnologiyalarini, kompyuter texnikasi va telekommunikatsiya vositalarini
ommaviy ravishda joriy etish hamda ulardan foydalanish, fuqarolarning axborotga
ortib borayotgan talab-ehtiyojlarini yanada to‘liqroq qondirish, jahon axborot
hamjamiyatiga kirish hamda jahon axborot resurslaridan bahramand bo‘lishni
kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilmoqda.
Oliy o‘quv yurtlarning diqqat markazida kompyuter yordamida loyihalash
tizimlari sohasida kadrlar tayyorlash masalalari turibdi. O‘quv jarayonida muayyan
axborot texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini tahlil qilish alohida
muammo bo‘lib turibdi.
Ta’lim jarayonida ALTning sanoat tizimlaridan foydalanish sizga ALTning
texnik vositalari bilan ishlashga, amaliy ishlarda ALT tizimlaridan foydalanishga,
talaba faol ishtirok etadigan kompyuter yordamida loyihalashtirish tizimini va
texnikasini ishlash texnikasini o‘rgatishga imkon beradi.
O‘quv jarayonida ALT tizimlarining qo‘llanilishi elektron hisoblash
moslamalarini loyihalash muammolarini hal qilishda o‘quvchilarning ijodiy
qobiliyatlarini rivojlantirish va mustahkamlash ma’nosida ham samarali
o‘tkazishga imkon beradi. O‘quv qo‘llanmada ko‘rsatilgan laboratoriya ishlarini
o‘tkazish metodologiyasi bosma elektron kartalarni loyihalashning butun siklini
4
qamrab oladi. Laboratoriya ishlari ro‘yxati va ularning tuzilishi PCAD tizimidan
foydalangan holda elektron mahsulotlarni loyihalash bo‘yicha mashg‘ulotlar
davomida tuzilgan va sinovdan o‘tkazilgan.
Raqamli qurilmalarni loyihalashda apparat tavsiflash tillaridan foydalanish
hozirgi vaqtda dasturlashtiriladigan mantiqiy sxemalar va maxsus mikrosxemalar
asosida qurilmalarni loyihalashning asosiy usullaridan biri hisoblanadi. VHDL
dasturlash tili yordamida lohihalash barcha ALT tizimlarida mavjud. Shuning
uchun, "VLSI tizimlarini loyihalash" kursi 5A330501 – Kompyuter injiniringi
(Kompyuter tizimlarini loyihalashtirish) mutaxassisligi magistrantlari uchun o‘quv
reja dasturlariga kiritilgan bo‘lib, fanning ishchi dasturi bo‘yicha sakkizta amaliy
ishlar mavjud. Birinchi uchtasi kombinatsion va ketma -ket raqamli sxemalarning
loyihalash tamoyillarini o‘rganishga bag‘ishlangan, qolgan ishlar ijodiy xarakterga
ega bo‘lib, individual vazifalarni o‘z ichiga oladi
Dostları ilə paylaş: |