138
8.10-rasm. Modelga qaratilgan loyihalashni ishlab chiqish bosqichlari.
Birinchi bosqichda neyron tarmoqning tuzilishi MATLABda yaratiladi,
tarmoq test ma’lumotlari bo‘yicha o‘qitiladi va kerak bo‘lganda uning tuzilishi
takomillashtiriladi. Keyingi bosqichda, Simulink muhiti yordamida FPGA -larni
apparatli amalga oshirishga mos bo‘lgan, ma’lumotlar oqimi bilan ishlavchi, NT-ni
algoritmining oqim modeli yaratiladi. Uchinchi bosqichda, Simulink modellaridan
avtomatik kod ishlab chiqarish yordamida biz uni FPGA -da sintez qilish va ishga
tushirish uchun mos bo‘lgan neyron tarmoq algoritmini tasvirlaydigan HDL kodini
olamiz.
Bu erda, o‘ramli(konvolyutsion) NT-ning apparatli yaratishga misol sifatida,
qo‘lda yozilgan raqamlarni taniy oladigan tarmoq tanlangan (8.11-rasm).
Keyinchalik, yaratilgan NT-ni boshqa ma’lumotlar to‘plami - yo‘l belgilari,yoki
avtomobil raqamlarini tanish bo‘yicha o‘rgatish mumkin va haydovchilarga
yordam berish tizimlarida yoki raqamlarni aniqlash uchun foto va video yozish
tizimlarida foydalanish mumkin.
8.11-rasm. Qo‘lda yozilgan raqamlar tasviriga misol.
Dostları ilə paylaş: