Zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini


-rasm: Mikroprotsessorlarning arxitekturalari



Yüklə 60,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix07.01.2024
ölçüsü60,61 Kb.
#210086
1   2   3   4   5   6
Mustaqil ish. NAMUNA (1)

 
2-rasm: Mikroprotsessorlarning arxitekturalari. 
 
IA-64 arxitekturali protsessorlar
1995 yili birinchi 32 razryadli ko‘p 
vazifali 80386 rusumli protsessor paydo bo‘lganidan so‘ng IA-64 arxitekturasi 
protsessorlar texnologiyasi sohasida eng ahamiyatli yutuq bo‘lib qoldi. O‘sha 
davrda IA-64 arxitekturasi ilk bor Itanium protsessorida joriy etilishi va 2000 yilda 
ishlab chiqarila boshlanishi rejalashtirilgan edi. Ushbu protsessor o‘sha yillarda 
mavjud arxitekturalarda kuzatilgan cheklanishlarni yengib o‘tishi hamda bo‘lg‘usi 


ravnaqi uchun ish unumdorligining zaxirasini ta’minlashi kutilgan. Itanium 
negizida tayyorlanadigan serverlar va ish stansiyalari EPIC (Explicitly Parallel 
Instruction Computing) deb nom olgan yangi funksional imkoniyatlar kompleksi 
tufayli misli ko‘rilmagan ish unumdorligi, masshtablanishi bilan ajralib turishi 
rejalashtirilgan.
 
 
3-rasm: Mikroprotsessorlarning texnik ko`rsatkichlari. 
Takt tezligi
(soniyadagi taktlar soni) takt – sodda operasiyalarning bajarish 
vaqti . 
Mikroprotsessorning boshqa qurilmalar bilan bog’lanishi. 
MPning interfeys qismi MPni ShKning tizim shinasi vositasida bog‘lash va 
muvofiqlashtirish, shuningdek, amalga oshayotgan dastur komandalarini qabul 
qilib, dastlabki tahlildan o‘tkazish hamda operandlar va komandalarning to‘liq 
manzillarini shakllantirish uchun mo‘ljallangan. Interfeys qism o‘z tarkibiga 
MPXning manzilli registrlarini, manzil shakllantiruvchi uzelni, MPdagi 
komandalarning buferi sanaladigan komandalar registrlarining blokini, MPning 
ichki interfeys shinasini hamda kiritish-chiqarish portlari va tizim shinasini 
boshqarish sxemasini mujassam etadi. Kiritish-chiqarish portlari - ShKning tizim 
interfeysiga qarashli punktlar bo‘lib, MP ayni shu punktlar orqali boshqa 
qurilmalar bilan axborot almashinadi. MPda hammasi bo‘lib 65536 ta portlar 
bo‘lishi mumkin. Har bir port, xotira uyasining manziliga mos keluvchi manzilga, 
ya’ni port raqamiga ega. Ushbu manzil (port raqami) asosiy kompyuter 
xotirasining bir bo‘lagi emas, balki kiritishchiqarish qurilmasining ushbu portdan 


foydalanuvchi qismi sanaladi. Qurilma porti o‘z ichiga ma’lumotlar almashinuvi 
va boshqaruvchi axborot bilan almashinish uchun mo‘ljallangan ulash apparatlari 
va ikkita xotira registrini mujassam etadi. Ayrim tashqi qurilmalar almashinishi 
darkor bo‘lgan axborotning katta hajmini saqlash uchun asosiy xotiradan ham 
foydalanadi. 4-rasmda protsessorning tashkil etuvchi qismlari va uni tezkor xotira 
bilan kanday bog‘langanligi qo‘rsatilgan. Ushbu rasm asosida protsessor tarkibiga 
kirgan qurilmalarning bajaradigan vazifalari haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.

Yüklə 60,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin