dollar narxda ommaviy ravishda sotila boshlandi. Bu kompyuterlarni kompyuter
texnikasidan uzoq bo’lgan odamlar ham sotib ola boshladilar. Mikroprotsessorlarni
boshqa kompaniyalar ham ishlab chiqara boshladilar. Ular orasida Zilog va
Motorola kompaniyalarini alohida ta’kidlash lozim. 8080 mikroprotsessori va
uning klonlari tarixda eng ko’p va eng uzoq ishlab chiqarilgan mikroprotsessor
hisoblanadi. Ular XXI asrning boshida ham uchinchi dunyo davlatlari tomonidan
ishlab chiqarilar edi. Unda bor-yo’g’i 6000 ta tranzistor bo’lib, uni ishlab chiqarish
keyinchalik juda arzonlashib ketdi. Bir vaqtlar bir necha yuz dollar turgan bu
mikroprotsessor oxirgi paytda donalab emas, balki kilogrammlab sotila boshlandi.
Unga ko’plab dasturiy ta’minot ishlab chiqilganligi, sodda arxitekturasi, yangi
dasturlar ishlab chiqish osonligi tufayli bu mikroprotsessorlar turli raqamli va
maishiy buyumlar: printerlar, monitorlar, videomagnitafonlar, televizorlar, musiqiy
markazlar, ossillograflar, liftlar, svetoforlar, avtomobillar, o’yinchoqlar, boshqarish
va kuzatish tizimlarida hamda boshqa joylarda keng ishlatilgan. Oxirgi paytda
boshqa umumiy va maxsus mikroprotsessorlarning arzonlashishi bilan bu
mikroprotsessorning qo’llanishi to’xtadi.
Intel protsessorlarining oilasi.
Dostları ilə paylaş: