XULOSA
Xulosa qilib aytganda O‘zbekistonda kiberxavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha olib
borilayotgan tizimli va fundamental yondashuv, yagona normativ-huquqiy
hujjatlar bazasini yaratish, ilg‘or xorijiy tajribani joriy etish, innovatsion
usullardan keng foydalanish davlat axborot siyosatini samarali olib borishga
hamda axborot xavfsizligi sohasidagi muammolarni hal etishga hizmat qiladi.
Bu esa axborot kommunikatsiya va texnologiyalari tizimini zamonaviy
kibertahdidlardan himoya qilish, turli darajadagi tizimlar uchun kiberxavfsizlik
bo‘yicha zamonaviy mexanizmlarni joriy etish, mazkur sohada davlat organlari,
korxonalar va tashkilotlarning huquqlari va majburiyatlarini belgilash, ularning
faoliyatini muvofiqlashtirish kabilarni amalga oshirish orqali belgilanadi. Bu
sohadagi normativ-huquqiy hujjatlarni unifikatsiyalash orqali kiberxavfsizlikni
ta’minlashni takomillashtirish mumkin.
Yurtimizda olib borilayotgan barcha islohotlar zamirida xalqimizga qulayliklar
yaratish maqsadi yotibdi. Kiberxavfsizlikni ta’minlashga alohida e’tibor
qaratilishi raqamli imkoniyatlardan ishonchli va xavfsiz tarzda foydalanishga
asos bo‘ladi
Ma'lumot uchun: Kiberxavfsizlik bo'yicha xalqaro global reyting ABI
Research va XEI ning qo'shma loyihasi bo'lib, indeks davlatlarning
kiberxavfsizlik sohasidagi ishtiroki darajasini baholash imkonini beradi. Bunda
majburiyatlar darajasi besh sohada baholanadi: huquqiy choralar, texnik
choralar, tashkiliy choralar, salohiyatning rivoji va xalqaro hamkorlik.
Kiberxavfsizlik bo'yicha global reytinglarda 2020 yil sarhisobiga ko'ra
O'zbekiston Milliy kiberxavfsizlik indeksi (National Cyber Security Index) da
90 o'rinda, Global kiberxavfsizlik indeksi (Global Cybersecurity Index) da 52
o'rinda, AKT rivojlanganlik indeksi ( ICT Development Index) da 95 o'rinda.
Enigma shifrlash mashinasi 1920-yildan boshlab dastlab ish bilarmonlik
yozishmalarining sirini saqlash uchun tijorat maqsadlarida ishlatilgan ekan;
Ikkinchi Jaxon urushi payti esa bu qurilma nemislar qo’mondonligi tomonidan
ishlatilgan ekan.”Enigma” bu yunoncha ya’ni jumboq degan ma’noni
anglatgan.Enigmaning vazifasi maxfiy matnlarni shifrlash va parolni ochish
uchun ishlatiladigan qurilma ekanligi o’rganildi va malumotlarni shifrlash
jarayoni, usullari ham ko’rib chiqildi.Bu qurilma aynan urush vaqtlarida aynan
qo’l kelgan.Ya’ni qo’mondonlar bir-biriga qanday reja tuzganlarini yetkazish
uchun qulay qurilma bo’lgan.Enigma tufayli Yevropadagi davlatlarga xavf
yanada oshib borgan chunki qurilma tufayli Nemislar dushmanlarga tezkor
xujum qilish imkoniyatiga ega bo’lganlar .Enigma qurilmasida shifrlangan
matni buzib bo’lmaydi deb hisoblashgan.Biroq polshalik 3ta matematik bu fikrni
inkor etgan.Ular shifrlangan matni buzish 1939-yilgacha kurash olib borgan va
enigma tomonidan shifrlangan matnlarni o’qishni uddalashgan edi.
|