1.3.Simsiz qurilmalar xavfsizligi muammolari.
Simsiz qurilmalarni to’rtta kategoriyaga ajratish mumkin: noutbuklar, cho’ntak
kompyuterlari (PDA), simsiz infratuzilma (ko’priklar, foydalanish nuqtalari va h.)
va uyali telefonlar.
Noutbuklar korporativ simsiz tarmoqlarda va SOHO (Small Office Home Office –
kichik va uy ofislari) tarmoqlarida keng tarqalgan qurilma.
Fizik xavfsizlik noutbuklar uchun jiddiy muammo hisoblanadi. Bunday
kompyuterlarni xarid qilishdagi parametrlardan biri-uning olchami. Noutbuk
qanchalik kichkina bo’lsa, u shunchalik qimmat turadi. Boshqa
tarafdan, noutbuk
qanchalik kichkina bo’lsa, uni og’irlash shunchalik osonlashadi. Shifrlash
kalitlarining, masalan, WEP-kalitlar (Wired Equivalent Privacy), dasturiy kalitlar,
parollar yoki shaxsiy kalitlarning (PGP, Pretty Good Privace kabilar) yo’qotilishi
katta muammo hisoblanadi va uni ilovalar yaratilishi bosqichidayoq hisobga olish
zarur. Niyati buzuq odam noutbukni oz ixtiyoriga olganidan so’ng aksariyat
xavfsizlik mexanizmlari buzilishi mumkin.
Noutbuklarning mobilliligi ularning korporativ tarmoqlararo ekranlar
(brandmauerlar) bilan himoyalanmagan boshqa tarmoqlar bilan ulanish
ehtimolligini oshiradi. Bu Internet-ulanishlar, foydalanuvchi tarmoqlar, asbob-
uskuna ishlab chiqaruvchilarining tarmog’i yoki raqiblar ham joylanuvchi
mehmonxona yoki ko’rgazmalardagi umumfoydalanuvchi tarmoqlar bolishi
mumkin. Bunday hollarda mobil kompyuterlarning axborot xavfsizligi xususida
jiddiy o’ylanish lozim.
Noutbuklarning fizik saqlanishlarini taminlash usullaridan biri-xavfsizlik kabelidan
foydalanish. Ushbu kabel noutbukni stolga yoki boshqa yirik predmetga “boylab”
qo’yishga mo’ljallangan. Albatta, bu yuz
foizlik kafolatni bermaydi, ammo har
xolda o’g’rining anchagina kuch sarf qilishiga to’g’ri keladi.
Noutbuklarning tez-tez o’g’irlanishi sababli, axborotni arxivlashning xavfsizlikni
taminlashga nisbatan muhimligi kam emas. Shifrlash dasturlari fayllar xavfsizligini
taminlashda yoki qattiq disklarda shifrlangan malumotlar hajmini yaratishda
ishlatiladi. Bu malumotlarni rasshifrovka
qilish uchun, odatda, parolni kiritish yoki
shaxsiy kalitlarni ishlatish talab etiladi. Barcha axborotlarni shifrlangan fayllarda
yoki arxivlarda saqlanishi kerakli fayllar to’plamini arxiv uchun nusxalashni
yengillashtiradi, chunki ular endi ma’lum joyda joylashgan bo’ladi.
Ogrilar uchun noutbuklar “birinchi nomerli nishon” ekanligini foydalanuvchilar
tushunib yetishlari va ularni qarovsiz qoldirmasliklari zarur. Hatto ofislarda
noutbukni kechaga qoldirish mumkin emas, chunki ofisga kop kishilar (kompaniya
xodimlari, farroshlar, mijozlar) tashrif buyuradilar.
Axborotning chiqib ketishi noutbuk egasining ko’p odamlar to’plangan joylarda
ham sodir bolishi mumkin. Samolet – kompaniya
menedjerlari foydalanadigan
odatdagi transport vositasidir. Samoletda qoshni kreslodagi yo’lovchi noutbuk
egasining yelkasi ustidan muhim axborotni oqib olishi mumkin. Hatto “uy
sharoitidagi” noutbuklar ham himoyalanishi zarur. Bu holda kompyuterning
himoyasi server himoyasidan farqlanmaydi. Juda ham zarur bo’lmagan
servislarning ochirilishi qurilma ishlashini yaxshilaydi.O’zining dasturiy
taminotini noutbukka o’rnatgan niyati buzuq odam
xavfsizlikning barcha
mexanizmlarini chetlab otish imkoniyatiga ega bo’ladi. Kompyuterni oz ixtiyoriga
olgan o’g’ri unga o’zining dasturini o’rnatganida uni to’xtatib bo’lmaydi. BIOSda
(Basic Input/Output System-kiritish/chiqarishning bazaviy tizimi)
va qattiq diskda
o’rnatilgan parollar o’g’irlangan noutbukdan foydalanishga to’sqinlik qilishi
mumkin. Ushbu barcha vositalar, afsuski, tajribali xaker uchun to’siq bolaolmaydi.
[4]