Erix Mariya Remark


https://telegram.me/e_kutubxona



Yüklə 48,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix07.01.2024
ölçüsü48,46 Kb.
#210197
1   2   3   4   5   6
@Elektron Kutubxona-Remark.Dushman (2)

 
https://telegram.me/e_kutubxona
 

Ertasi kuni men bu ishga ancha ko‘nikib qolgandim, bora-bora «oldi-berdi»ni 
xiyla soddalashtirdik va xandaklarimizdan galma-gal emas, balki baravariga 
o‘rmalab chiqadigan bo‘ldik. Zanjirdan bo‘shatilgan ikki olalar kabi bir-birimizga 
tomon emaklar va sovg‘a almashib qaytardik. Ilk daf’a bir-birimizning 
ko‘zlarimizga boqqanimizda parishon jilmaydik, xolos. Anov fransuz askari 
o‘zimga o‘xshagan yoshgina yigit ekan, yigirmalarda bordir, undan ortiq emas. 
Bu o‘yin unga juda yoqayotgani yuzidan sezilib turardi. «Bonjour, camarade»! 
(*Salom, og‘ayni (fr.)) dedi u, men butkul esankirab qoldim va ikki marta 
takrorladim: «Bonjour, bonjour», so‘ng uchinchi marta ham aytdim va bosh 
irg’ab qo‘yib, shoshilgancha ortga qaytdim. Biz muayyan vaqtlarda uchrasha 
boshladik va oldin signal berib ogohlantirish taomilidan voz kechdik — bu 
yozilmagan tinchlik sulhi shartlariga ikki tomon ham bekamko‘st amal qilardi. 
Bir soatdan so‘ng esa, burungidek, yana bir-birimizni o‘qqa tutardik. Bir kuni 
men bilan sovg‘a ayirboshlagan fransuz yigit qo‘rqa-pisa qo‘lini uzatdi va biz 
salomlashdik. Turgan-bitgani hangoma, o‘lay agar. 
Bunaqa voqealar frontning boshqa uchastkalarida ham yuz berarkan. Yuqori 
qo‘mondonlik xabar topib, «Bunaqa ishlar qat’iyan man etiladi, zotan, alohida 
hollarda shuni deb harbiy harakatlar rejim buzilmoqda», degan mazmunda buyruq 
chiqaribdi. Biro biz parvo ham qilganimiz yo‘q. 
Ajoyib kunlarning birida frontimizga allaqanday mayor kelib, shu to‘g‘rida 
rotamizga uzundan-uzoq va’z o‘qidi. Jonkuyar va serg‘ayrat zobit ekan, qurg‘ur, 
frontning oldingi marrasida kechgacha qolmoqchiligini aytdi. Taassufki, u biz 
sovg‘a almashishga chiqadigan joy yaqiniga o‘rnashib oldi va bu ham 
yetmagandek, miltiq berishlarini talab qildi. Juda yosh, jasorat ko‘rsatishga 
ishqiboz ekan mayor. 
Nima qilishni bilmasdik. Narigi tomondagi o‘rtoqlarimizga belgi berish imkoni 
yo‘q edi, qolaversa, dushman bilan bunaqa o‘yin qilayotganimiz uchun joyimizda 
otib tashlashlaridan xavfsirardik. Soatimning daqiqani ko‘rsatuvchi kafgiri sekin-
asta aylanishda davom etardi. Qimirlagan jon yo‘q edi va biz hammasi xayrli 
tugaydi, deb umidlandik. 
Mayor, shubhasiz, front chizig‘i bo‘ylab davom etayotgan birodarlik 
munosabatlaridan xabardor edi-yu, biroq biz bu yerda nimalar bilan 
shug‘ullanayotganimiz to‘g‘risida aniq ma’lumotga ega emasdi. Jin urgurnі aynan 
bizga, yana-tag‘in shunday topshiriq bilan kelganini qara. Omad yuz burgani shu-
da!
Men unga: «Besh daqiqadan keyin u yoqdan kimdir keladi. Unga o‘q uzmaslik 
kerak, bizga ishonadi», desammikan deb og‘iz juftladim. Biroq jur’atim etmadi, 
baribir bundan naf chiqmasdi. Shunday deganimda, u handaqqa biqinib atay uni 



Yüklə 48,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin