https://telegram.me/e_kutubxona
6
poylagan bo‘lardi, indamasak, balkim, bir iloji topilib qolar, ehtimol, o‘zi ketar.
Qolaversa, Byuler qulog‘imga shipshib, narigi brustverga borib, miltiq bilan
«Tegmadi!» (merganlik mashqida o‘q nishonga tegmagan paytlarda miltiq bilan
havoda chizik tortib signal beriladi) ishorasini qilganini va ular javob
berishganini, xullas, chiqish mumkin emasligini tushunishganini aytdi.
Baxtga qarshi, kun sovuq edi, maydalab yomg‘ir yog‘ardi. Qosh qoraya
boshlandi. Tayinlangan uchrashuv vaqtidan soatcha o‘tdi. Xavotirimiz sal bosildi
va biz erkin nafas oldik. Bir mahal nigohim muallaq qotdi: tilim shishib, og‘zimni
to‘ldirgandek edi. Qichqirmoqchi nardimu og‘iz ocholmasdim. Umidsizlikdan
qo‘l-oyog‘im shol bo‘lgandek betaraf hudud osha qararkanman, ohista ko‘tarilgan
qo‘lni va kimningdir sharpasini ilg‘adim. Byuler brustver yonidan zir yugurar va
ogohlantiruvchi belgi bermoqchi bo‘lib payt poylardi. Biroq g‘isht qolipdan
ko‘chgandi – mayor o‘q uzishga ulgurdi. Kimdir ingichka ovozda qichqirdi,
sharpa g‘oyib bo‘ldi. Bir zum dahshatli sukunat cho‘kdi. Yana bir-ikki soniyadan
keyin yuzlab tovushdan iborat hayqiriqni eshitdik. Qaqshatqich jang boshlandi.
«Otinglar! Ular hujumga o‘tishyapti!» baqirdi mayor.
Shunda biz ham o‘t ochdik. Telbalardek, miltiqlarimizni peshma-pesh o‘qlab
otardik, bu mudhish onlar tezroq o‘tib ketsa bas, deb o‘ylardik. Butun front
jonlandi, artilleriya yeng shimardi, kechasi bilan otishdik. Ertalab o‘n ikkita
jasadni sanadik, ular orasida mayor va Byuler ham bor edi.
Harbiy harakatlar, turgan gapki, qaytadan boshlandi. Dushman tomon bilan
sigaret almashishni bas qildik, qurbonlar soni soat sayin ortardi...
O‘shandan keyin ham ko‘p balolarni ko‘rdim. Ko‘p odamlar ko‘z o‘ngimda halok
bo‘ldi, mening o‘zim o‘ldirganlar ham oz emasdi. Toshbag‘ir, hissiz bo‘lib
qoldim. Yillar o‘tdi. Ammo o‘tgan shu uzoq vaqt mobaynida men qo‘limdan
kelgancha yomg‘ir shivalab turgan paytdagi o‘sha ingichka tovushli qichqiriqni
eslamaslikka urinib yashadim».
Dostları ilə paylaş: |