Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/152
tarix07.01.2024
ölçüsü1,18 Mb.
#210215
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   152
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014, E.Sariqov, B.Haydarov)

BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING!

Davlatlarni o‘zaro savdo-sotiq qilishlariga undaydigan omillar:
– tabiiy resurslarning notekis taqsimlanganligi;
– iqtisodiyotning ayrim sohalaridagi nisbiy ustunlik;
– iqtisodiyotning ayrim sohalaridagi mutlaq ustunlik.

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi yildan yilga o‘sib bormoqda. 

Mamlakatimiz tashqi savdoda ijobiy saldoga ega.
Buni yodda tuting!
uskunalar va boshqa sanoat mahsulotlarini kiritish mumkin. Import tarkibining 
o‘zgarishiga esa mamlakatimizda import o‘rnini bosuvchi tovarlar ishlab 
chiqarishning keskin oshishi va lokalizatsiya jarayonining kuchayishi kuchli ta’sir 
ko‘rsatmoqda.
Topshiriq
O‘zbekiston Respublikasining oxirgi yildagi tashqi savdosi haqidagi 
ma’lumotlar asosida, uning importi va eksportining tarkibi hamda hajmi 
ko‘rsatilgan diagramma tuzing.


129
129
128
9 – E. Sariqov, B. Haydarov
XALQARO IQTISODIY MUNOSABATLAR — DAVR TALABI
Hozirgi globallashgan dunyoda xalqaro iqtisodiy munosabatlarni yo‘lga qo‘ymasdan 
taraqqiyotga erishishning iloji yo‘q. Jahonda globallashuv darajasi ortib borar ekan 
,xalqaro iqtisodiy hamkorlikning ahamiyati ham ortib boraveradi. Mamlakatdan 
mamlakatga nafaqat tovarlar, balki ishchi kuchi, kapital va texnologiyalar oqib 
o‘tishi tobora kuchayib bormoqda. Yirik kompaniyalarga bitta mamlakat hududi 
torlik qilib qolmoqda va ular transmilliy korporatsiyalarga aylanmoqdalar.
Xalqaro iqtisodiy hamkorlikni o‘z vaqtida va oqilona yo‘lga qo‘yib olish har 
qanday mamlakat uchun eng kuchli zaruratga aylanib qoldi.
O‘zbekistonda ham jahondagi eng rivojlangan mamlakatlar bilan ikki taraflama 
va ko‘p taraflama iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash borasida ulkan ishlar amalga 
oshirilmoqda. Bu esa o‘z navbatida mamlakatimizga katta hajmdagi investitsiyalar 
kirib kelishiga, ulkan zavod, fabrika va yirik inshootlar qurilishiga imkoniyat 
yaratmoqda.

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin