Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/152
tarix07.01.2024
ölçüsü1,18 Mb.
#210215
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   152
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014, E.Sariqov, B.Haydarov)

TASHQI SAVDOGA TO‘SIQLAR
Umuman olganda, jahon bozorlari ham davlatlardagi ichki bozorlar kabi hamma 
uchun ochiq raqobat bozori bo‘lishi lozim. Undagi tovar va xizmatlarning narxi 
esa jahon bo‘yicha talab va taklifning o‘zaro nisbatidan kelib chiqib belgilanishi
kerak. Lekin afsuski, amalda jahon bozorlarida ahvol boshqacha. Ba’zi davlatlar 
o‘z ichki bozorlarini, o‘z ishlab chiqaruvchilarini chet el firmalari bilan bo‘ladigan 
raqobatdan himoya qilish maqsadida tashqi savdo-sotiqqa to‘siqlar, cheklashlarni 
joriy etadi. Bunday savdo to‘siqlariga quyidagilar kiradi:
1. Tariflar (bojxona boji) — 
mamlakat chegarasini kesib o‘tayotganda olib 
kirilayotgan tovar yoki xizmat uchun to‘lash lozim bo‘lgan soliq to‘lovi. Bojxona 
boji import tovarlari narxining oshishiga olib keladi. Davlat tariflar yordamida 
mahalliy ishlab chiqaruvchilarni himoya qiladi. Shuningdek, davlat bojxona bojidan 
budjetini to‘ldirish uchun ham foydalanadi.
2. Kvota
— mamlakat ichki bozoriga chetdan keltirilayotgan yoki undan olib 
chiqib ketilayotgan tovar va xizmatlar hajmiga davlat tomonidan o‘rnatilgan yuqori 
chegara. Agar kvota muayyan tovar importiga qo‘yilgan bo‘lsa, mamlakatga mazkur 
tovardan undan ko‘p olib kirish mumkin emas.
3. Tashqi savdo litsenziyasi va boshqa to‘siqlar
— mamlakatga maxsus ruxsat — 
litsenziyasiz yoki umuman olib kirish va olib chiqib ketish taqiqlanadigan tovar va 
xizmatlar ro‘yxatini joriy etish kabi to‘siqlar. Masalan, Buyuk Britaniyaga ko‘mirni 
4. Yuqorida keltirilgan munosabatlar xalqaro o‘zaro manfaatli iqtisodiy 
munosabatlarga misol bo‘la oladimi? Javobingizni asoslang.
5. Yuqoridagi rasmlar asosida O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi 
iqtisodiy munosabatlar haqida matn tayyorlang.
eksport qilish mumkin emas.
 
Chet el valutalarini erkin almashtirishni cheklash
ham chet el firmalarining ichki bozorga kirib kelishini cheklaydi. 
Davlat milliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, imtiyozli 
qarz va soliq imtiyozlari berib, mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning 
chetdan keltirilgan mahsulotlardan arzon bo‘lishini ta’minlashi mumkin. Davlat 
tomonidan o‘rnatiladigan bunday cheklashlar va chora-tadbirlar 
proteksionizm
deb 
ataladi. Bunday siyosat, iqtisodiyotning tanazzuldan so‘ng tiklanayotgan paytlarda, 
vaqtinchalik majburiy chora sifatida qo‘llanishi mumkin. Lekin keyingi paytlarda, 
tashqi savdoga bir davlat qo‘ygan to‘siqqa javoban boshqa davlatlar ham qarshi 
choralarni qo‘llash hollari tez-tez uchrab turibdi. Masalan, 2008- yili AQSH 
po‘lat ishlab chiqaruvchi mahalliy kompaniyalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, 
po‘lat importi bojini 8% dan 30% ga oshirdi. Bunga javoban, Rossiya AQSHdan 
parranda go‘shti importini taqiqladi. 
Tashqi savdoni erkinlashtirish
deganda unga 
qo‘yilgan cheklovlarni yengillashtirib borib, umuman olib tashlash tushuniladi. 
Ayni paytda, respublikamiz tashqi savdoni erkinlashtirish yo‘lidan bormoqda.

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin