Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/152
tarix07.01.2024
ölçüsü1,18 Mb.
#210215
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   152
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014, E.Sariqov, B.Haydarov)

DAROMAD SOLIG‘INI HISOBLASH
Ish haqidan olinadigan soliqlarni va boshqa ijtimoiy to‘lovlarni korxona hi-
sobchisi hisoblaydi. Hisoblangan soliqlar ish haqidan chegirib davlat budjetiga 
o‘tkaziladi. Shunday bo‘lsada, daromaddan undiriladigan soliqni hisoblay olish 
har bir fuqaro uchun muhimdir.
Amaliy mashq.
Firma o‘z xodimiga 2014- yil yanvar oyi uchun 1000000 so‘m 
ish haqi hisobladi. Xodimning bu daromadidan davlatga qancha soliq to‘lashi kerak?
2014- yil yanvar oyida eng kam oylik ish haqi 96105 so‘m ekanligini hisobga 
olsak, quyidagi soliq shkalasiga ega bo‘lamiz (shkalaning har bir bo‘linmasi eng kam 
ish haqini bildiradi):
15-MAVZU
DAROMAD SOLIG‘I
JISMONIY SHAXSLARDAN UNDIRILADIGAN DAROMAD SOLIG‘I
Har bir fuqaro o‘z daromadlaridan soliq to‘lashi shart. Soliq to‘lovlari davlat 
budjetiga kelib tushadi va soliq to‘lovchilarga ta’lim, tibbiy xizmat, mudofaa, 
jamoat tartibini saqlash, nafaqa, pensiya, stipendiya va boshqa davlat korxonalari 
tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar va yordam pullari ko‘rinishida qaytib keladi. 
Shu bois, soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash har bir fuqaro uchun ham qarz, ham farz.
Daromad solig‘i davlat solig‘i bo‘lib, to‘g‘ri soliqlar sirasiga kiradi. Daromad 
solig‘i jismoniy shaxslarning jami yillik daromadidan olinadi. Demak, jismoniy 
shaxslarning jami yillik daromadi
 soliq solish obyekti
hisoblanadi. Ma’lumki, har 
bir kishining yillik daromadi: ish haqi, mukofotlar, mulk ijarasidan olingan daro-
mad, bankka qo‘yilgan omonatdan kelgan foizlar, aksiyadan olingan dividendlar 
va tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlardan tashkil topishi mumkin. 
Jismoniy shaxslar aksiya va boshqa qimmatli qog‘ozlardan oladigan dividend-
laridan, omonat foizlaridan 10 foizli stavkada soliq undiriladi. Mahalliy hokimiyat 
tomonidan berilgan maxsus ruxsatnoma – patent asosida yakka tartibda tadbirkorlik 
faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar tadbirkorlikdan olgan daromad-
1. Rasmlardagi fuqarolarning qanday daromad manbalari bo‘lishi mumkin?
2. Nima sababdan bu fuqarolar o‘z daromadlaridan davlatga soliq to‘lashlari shart?
3. Jismoniy shaxslardan undiriladigan daromad solig‘i uni to‘lovchilarga qanday 
ko‘rinishlarda qaytib keladi?
4. “Kim ko‘p daromad qilsa, o‘sha ko‘proq soliq to‘lashi lozim”, degan fikrga 
o‘z munosabatingizni bildiring.

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin