70
IQTISODIY PRAKTIKUM
Bankdan qarz olamiz
Oxirgi paytlarda banklarga bo‘lgan ishonch ortib, ko‘plab odamlar o‘z
omonatlarini banklarda saqlashni xush ko‘rishmoqda.
Bu holat respublikamiz
iqtisodiyotining barqarorlashib borayotganligidan dalolat beradi. Shunday ekan, har
bir fuqaro banklar taklif qilayotgan imkoniyatlarni taqqoslay olishi kerak bo‘ladi.
Turli imkoniyatlar ichidan eng yaxshisini tanlash har bir fuqaroning iqtisodiyotni
qanchalik yaxshi bilishiga bog‘liq bo‘lib qoladi.
Quyida bank foizlarini hisoblash va ularni taqqoslash bilan shug‘ullanamiz.
Aytaylik, “Ipoteka” banki 2013- yil dekabr oyida mijozlarga “Shodlik”
va “Kafolat” deb nomlangan quyidagi omonatlarni saqlash turlarini taklif
qilayotgan bo‘lsin.
“Shodlik” omonat turi: yillik foiz stavkasi 18%, saqlash muddati 8 oy, foiz
oddiy foizlarda to‘lanadi.
“Kafolat” omonat turi: yillik foiz stavkasi 12%, saqlash muddati 8 oy, foiz
murakkab foizlar usulida to‘lanadi.
Agar sizning 100000 so‘m pulingiz bo‘lganda, bu ikki omonat turining qaysi
biridan foydalangan bo‘lar edingiz? Keling, birga mulohaza yuritib ko‘raylik.
“Shodlik” omonat turi har bir oyda 18:12=1,5%
miqdorda oddiy foiz
to‘laydi. Demak, formulaga ko‘ra, bankning sakkiz oy uchun to‘laydigan foiz
miqdori:
I = P
.
r
.
t = 100000
Dostları ilə paylaş: