Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/152
tarix07.01.2024
ölçüsü1,18 Mb.
#210215
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   152
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014, E.Sariqov, B.Haydarov)

BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING!
17- MAVZU
YER SOLIG‘I
JISMONIY SHAXSLARDAN OLINADIGAN YER SOLIG‘I
Mamlakatimiz soliq tizimida yer solig‘i 
mahalliy soliq va yig‘imlar
turiga man-
sub. Yer solig‘i boshqa soliq turlaridan farqli o‘laroq, o‘ziga xos xususiyatlarga ega. 
Xususan, ushbu soliq turi qat’iy to‘lovdir. Ya’ni yer egalari va foydalanuvchilari 
o‘z faoliyatlari davomida qanchalik foyda ko‘rganlaridan qat’iy nazar, yer solig‘ini 
to‘lashlari shart. Chunki, ushbu soliq amalga tatbiq etilishining asosiy maqsadi — 
yerdan oqilona foydalanish, uni avaylash, talon-taroj qilinishiga yo‘l qo‘ymaslikdir.
Mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi aso-
sida yer uchastkalariga ega bo‘lgan shaxslar yer solig‘i to‘lovchilari hisoblanadi.
Jismoniy shaxslarning quyidagi yer maydonlari soliq obyekti hisoblanadi: 
• 
dehqon xo‘jaligi yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik
qilishga berilgan yer maydonlari;
• 
yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik 
qilishga berilgan yer uchastkalari;
1. Rasmdagi yer maydonlaridan nima maqsadda foydalaniladi?
2. Sizning fikringizcha, ularning qaysi biridan ko‘proq daromad olinadi?
3. Ushbu yerlardan davlatga soliq to‘lanishi shartmi? Javobingizni asoslang.
4. Rasmlardagi yerlarning sifatini bir xil deb faraz qilsak, ulardan olinadigan yer 
solig‘i bir xil bo‘lgani adolatli bo‘ladimi yoki aksincha, har xil bo‘lganimi? 
Javobingizni asoslashga harakat qiling. 
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1
2
3
5
6
4
Bu dunyoda o‘lim va soliqlardan boshqa hech 
narsaga qat’iy ishonib bo‘lmaydi.
Benjamin Franklin, 1979- yilda
yozib qoldirilgan.



Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin