Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/152
tarix07.01.2024
ölçüsü1,18 Mb.
#210215
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   152
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014, E.Sariqov, B.Haydarov)

81
81
80
6 – E. Sariqov, B. Haydarov
• 
jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun berilgan yer 
uchastkalari;
• 
xizmat yuzasidan berilgan chek yerlar;
• 
meros bo‘yicha, hadya qilinishi yoki sotib olinishi natijasida uy-joy va imoratlar 
bilan birgalikda mulk huquqi, egalik qilish va foydalanish huquqi ham o‘tgan 
yer uchastkalari;
• 
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mulk qilib olingan yer uchastkalari;
• 
tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun doimiy foydalanishga yoki ijaraga berilgan 
yer uchastkalari.
YURIDIK SHAXSLARDAN OLINADIGAN YER SOLIG‘I
Mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi 
asosida yer uchastkalariga ega bo‘lgan yuridik shaxslar 
yer solig‘ining to‘lovchilari
bo‘lib hisoblanadilar.
Yagona soliq to‘lashga o‘tgan yoki soliqning alohida turlariga o‘tgan korxonalar, 
savdo tashkilotlari yer solig‘ini to‘lovchilari bo‘lmaydilar.
Yuridik shaxslar ajratib berilgan yerlar uchun yerdan foydalangan yoki foy-
dalanmaganidan qat’iy nazar yer solig‘i to‘laydilar.
Yuridik shaxslar uchun quyidagi yer maydonlari yer solig‘i obyekti bo‘lib hisob-
lanadi:
• 
qonunda belgilangan tartib bo‘yicha o‘z mulki qilib olingan yer maydonlari;
• 
o‘rmon xo‘jaligi uchun egalik qilishga berilgan yerlar;
• 
korxona qilishga, imoratlar, inshootlar qurishga yoki boshqa noqishloq xo‘jalik 
maqsadlari uchun foydalanishga berilgan yerlar.
YER SOLIG‘I STAVKALARI
O‘zbekiston Respublikasida yer solig‘ining quyidagi stavkalari qo‘llaniladi:
1. Yer solig‘i to‘lashda qishloq xo‘jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilari uchun 
yagona yer solig‘i stavkasi;
2. Yagona yer solig‘i to‘lashga o‘tmagan qishloq xo‘jaligi korxonalari uchun 
yer solig‘i stavkalari.
Yagona yer solig‘i stavkasi mamlakatimizda 2012- yildan boshlab qishloq 
xo‘jaligi yerlarining me’yoriy qiymatidan 6% miqdorida belgilangan.
Odamlarning hovlilari va jamoat imoratlari band etgan yerlar qiymati 2 ga 
ko‘paytirilgan (2 koeffisient qo‘llanilgan) holda baholanadi va shu qiymatdan 
yagona yer solig‘i to‘laydilar.

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin