Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/152
tarix07.01.2024
ölçüsü1,18 Mb.
#210215
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   152
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014, E.Sariqov, B.Haydarov)

Pul massasi
 — 
mamlakatdagi muomalada bo‘lgan jami pul mablag‘lari 
yig‘indisi.
Davlatning pul-kredit siyosati
— 
mamlakatda muomalada bo‘lgan 
pul massasini va kredit foiz stavkasini tartibga solish orqali iqtisodiyotni 
barqarorlashtirish.
Pul emissiyasi
 
— davlat tomonidan muomalaga pul chiqarish.
5 – E. Sariqov, B. Haydarov


67
67
66
pul miqdori kamaya boshlaydi. Aksincha, agar markaziy bank zaxira normasini 
kamaytirsa, tijorat banklarini kreditga berishi mumkin bo‘lgan mablag‘lari miqdori 
oshadi, muomalaga ko‘p pul chiqariladi. Ko‘rib turganingizdek, zaxira normasining 
o‘zgarishi ham davlatning bank tizimi orqali iqtisodiyotga, xususan, inflatsiyaning 
oldini olish, narxlarni jilovlab turish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalariga 
ta’sir o‘tkazish uchun xizmat qiladi.
1. Davlat budjet-soliq siyosatining mohiyati nimada?
2. Davlat o‘z budjet-soliq siyosatini qaysi vositalar yordamida va qanday yuritadi?
3. Agar davlat aholining ish bilan ta’minlanganlik darajasini oshirmoqchi bo‘lsa, 
qanday chora-tadbirlarni ko‘rishi kerak?
4. Davlatning transfert to‘lovlarini oshirishi mamlakat iqtisodiyotida qanday 
o‘zgarishlarga olib keladi?
5. Davlat budjeti kamomadini kamaytirishning qaysi yo‘li samarali? Nega?
6. Markaziy bank mamlakatdagi pul massasini qanday yo‘llar bilan tartibga solishi 
mumkin?
7. Banklar zaxira normasini belgilash nima uchun kerak?
8. Agar markaziy bank kredit foiz stavkasini ko‘tarsa, mamlakatda ishlab chiqarish 
sur’atlari qanday o‘zgaradi?
9. Agar markaziy bank zaxira normasini kamaytirsa, bu mamlakatdagi inflatsiya 
darajasiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING!
• 
Davlatning budjet-soliq siyosatiga narxlar barqarorligi, to‘la bandlik 
va iqtisodiy o‘sishga qaratilgan soliqqa tortish hamda davlat budjetini muvo-
fiqlashtirish chora-tadbirlari kiradi.
• 
Davlatning pul-kredit siyosati markaziy bank tomonidan muomaladagi pul 
massasi va kredit berish imkoniyatlarini o‘zgartirish orqali amalga oshiriladi.

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin