Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/152
tarix07.01.2024
ölçüsü1,18 Mb.
#210215
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   152
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014, E.Sariqov, B.Haydarov)

Bilasizmi?
Tijorat banki
 
— aholi, firma va tashkilotlarga xizmat ko‘rsatuvchi bank.
Depozit
 
— omonat yoki bankka qo‘yilgan mablag‘. 
Masalan, kichik korxona bankdan 4 million so‘mni bir yil muddatga 20% yillik 
foiz stavkasi bilan olgan bo‘lsin. Demak, korxona bir yildan so‘ng 4 million so‘mni 
qaytarish bilan birga, bankka qarz haqi sifatida qarzning 20 foizi miqdorida, ya’ni 
4000000•20%=800000 so‘m miqdorda qo‘shimcha kredit foizini ham to‘laydi. 
Agar bu qarzni ikki yilga olgan bo‘lsa, kredit foizi miqdori ikki marta ko‘p bo‘ladi, 
ya’ni 1600000 so‘mni tashkil qiladi va hokazo.
Umuman olganda, olingan qarz, kredit miqdori — P, yillik foiz stavkasi — r
olingan qarzni qaytarish muddatini — t deb olsak, u holda kredit foizi miqdori 
— I quyidagi formula yordamida topiladi:
I = P•r•t.
Bankka jami qaytariladigan pul miqdori S esa S=P+I formulaga ko‘ra 
aniqlanadi.
Aytaylik, “Ziyo” firmasi “Savdogarbank” dan 1000000 so‘mni yarim yilga 20% 
yillik foiz stavkasi bilan qarzga olayotgan bo‘lsin. Bu firma bankka
I = P•r•t = 1000000•20%•0,5 = 1000000•0,2•0,5 = 100000 so‘m
kredit foizi to‘lab, yarim yildan so‘ng bir million so‘m pulni, jami S = P + I = 
= 1000000 + 100000 = 1100000 so‘m qilib qaytaradi.
ИBank kredit foizini hisoblashning bu usuli oddiy foizlar usuli deb ataladi.
Yana shuni ham aytib o‘tishimiz kerakki, banklar kredit foiz miqdorlarini 
yana boshqa usullar bilan ham hisoblashadi. Masalan, bank yillik kredit foizini 
asosiy qarzga qo‘shib, keyingi yili kredit foizini shu summadan hisoblab borishi 
mumkin. Bu holatda, bank yillik foiz stavkasi — r bo‘lgan, n yilga olingan P so‘m 
miqdordagi qarzni n yildan so‘ng
P
n
=P•(1 + r)
n 
so‘m qilib, qaytarishi lozim bo‘ladi. Bu usul murakkab foizlar usuli deb ataladi.
Bank kredit berayotganda bu mablag‘larning to‘la hajmda qaytishi bank 
uchun juda muhim hisoblanadi. Aks holda, bank sinadi. Shu bois banklar qarz 
oluvchidan biror mulkini garovga qo‘yishini talab qiladi. Agar garov sifatida kredit 
pullariga sotib olinadigan uskunaning o‘zi qo‘yilsa, bunday kreditlashga lizing deb 
ataladi. Agar garovga kredit pullariga quriladigan uy, bino yoki inshoot qo‘yilsa, 
bunday kredit ipoteka krediti deb ataladi.
2008- yilda boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi AQSHda ipotekali 
kreditlash tizimida ro‘y bergan tanglikdan kelib chiqqan. 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin