Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/152
tarix07.01.2024
ölçüsü1,18 Mb.
#210215
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   152
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014, E.Sariqov, B.Haydarov)

o

sish tendensiyasi
Vaqt
Iqtisodiy ko‘rsatkichning nominal qiymati
bu uning joriy narxlarga 
nisbatan hisoblangan qiymati.
Iqtisodiy ko‘rsatkichning real qiymati
 
— biror asos qilib olingan yildagi 
narxlarga nisbatan hisoblangan qiymati.
Iqtisodiy davr 
— mamlakat iqtisodiyotining bir marta tebranishiga — bir 
o‘sib, so‘ng pasayishiga ketgan vaqt.
Iqtisodiy o‘sishga ikki xil: ekstensiv va intensiv yo‘llar bilan erishish mumkin. 
Ekstensiv o‘sishga qo‘shimcha miqdordagi ishlab chiqarish resurslarini ishlab 
chiqarishga jalb etish bilan erishiladi. Buning uchun yangi yerlar o‘zlashtiriladi, 
ko‘plab miqdorda foydali qazilmalar va mehnat resurslari ishlab chiqarishga jalb 
etiladi. Intensiv o‘sish bor resurslardan samarali foydalanish orqali ta’minlanadi. 
Unga fan va texnika yutuqlari, yangi texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy 
qilish, mehnat unumdorligini, ishchilarning bilim va malakalarini oshirish kabi 
yo‘llar bilan erishiladi. 
IQTISODIY RIVOJLANGAN VA 
RIVOJLANAYOTGAN DAVLATLAR
Mamlakatda boy va kambag‘al oilalar bo‘lgani singari, dunyoda ham boy va 
kambag‘al mamlakatlar bor. Xalqning boy yoki kambag‘alligi unung iqtisodiy o‘sish 
darajasi, ya’ni aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi milliy mahsulot hajmi bilan 
o‘lchanadi. Aholi jon boshiga to‘g‘ri kelgan YaMM miqdorining ko‘p yoki kamligiga 
qarab, davlatlar rivojlangan va rivojlanayotgan guruhlariga bo‘linadi. Rivojlangan mam-
lakatlar iqtisodiyoti zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari, malakali mutaxassislar 
bilan ta’minlangan bo‘lib, asosan, sanoat ishlab chiqarish sohalariga ixtisoslashgan.
Rivojlanayotgan davlatlarning o‘zi yana ikkiga: daromadlar darajasi o‘rtacha 
va past bo‘lgan davlatlarga bo‘linadi. Bu davlatlar iqtisodiyoti asosan xomashyo 
eksporti va qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan. O‘zbekiston daromadlar darajasi 
o‘rtacha bo‘lgan rivojlanayotgan mamlakatlar qatoriga kiradi. Daromadlar darajasi 
past bo‘lgan mamlakatlarda aholi daromadining nihoyat darajada past bo‘lganligi 
uchun ishlab chiqarishni rivojlantirishga sarflanadigan sarmoya (investitsiyalar)-
lar ham juda kam bo‘ladi. Natijada, mehnat unumdorligi pastligicha qoladi. 
Ishlab chiqarish hajmi kamayib, o‘sib borayotgan aholi daromadlari borgan sari 
kamayaveradi.

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin