97
97
96
7 – E. Sariqov, B. Haydarov
1. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining asosiy ishlab chiqarish tarmoqlarini
sanab bering.
2. Bu tarmoqlardan qaysi biri respublikamiz iqtisodiyotida
yetakchi soha
hisoblanadi?
3. Mamlakatimizdagi ko‘zga ko‘ringan ishlab chiqarish korxonalaridan qaysilarini
bilasiz?
4. Sizningcha, davlat qaysi sohalarga ko‘proq e’tibor berishi kerak?
5. Iqtisodiyotning qaysi sohasida xususiy sektorning ulushi ko‘proq deb o‘ylaysiz? Qaysi
sohalarda kamroq?
6. Sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarining istiqboli haqida nima
deya olasiz?
7. Respublikamiz iqtisodiyotining jahon iqtisodiy
hamjamiyatiga kirib borishi
(integratsiyasi) haqida nimalar bilasiz?
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING
IQTISODIY SALOHIYATI
21- MAVZU
O‘ZBEKISTONNING IQTISODIY SALOHIYATI
Maydoni.
Respublikamiz maydoni 448,9 ming kvadrat kilometrni tashkil qiladi va
u Yer shari quruqlik qismining 0,3 foizini egallaydi. Uning 60 foizi qishloq xo‘jaligiga
yaroqli yerlardir.
Aholisi.
Mamlakatimiz aholisi 2013- yilda 30 million kishiga yetdi. Ishchi kuchi
resurslari aholining yarmini tashkil qiladi. Aholining o‘rtacha yoshi 24 yilni tashkil qiladi.
Tabiiy resurslari.
O‘zbekiston hududida 2700 dan ortiq
foydali qazilmalar ning
istiqbolli konlari topilgan. Respublika yer ostidan yiliga qazib olinayotgan foydali
qazilmalarning qiymati 5,5 milliard dollardan ko‘pdir.
O‘zbekiston oltin zaxiralari va qazib chiqarish bo‘yicha dunyodagi eng yetakchi
o‘rinlardan birini egallaydi. Respublikamiz yer osti kumushga ham boydir.
Mamlakatimiz mis zaxiralarining miqdori bo‘yicha dunyoda yettinchi o‘rinda
turadi. Uranning topilgan zaxiralari uni 50—60 yil qazib olishni ta’minlaydi.
Respublikamizda 160
dan ortiq gaz, neft, ko‘mir
konlari qidirib topilgan va
ochilgan, ularning ko‘pi foydalanishga topshirilgan. Ulardan 5 million tonnadan
ortiq neft va gaz kondensati olinadi, bu esa o‘z ehtiyojlarimizni to‘la ta’minlaydi.
Har yili respublikamizda 51 milliard 200 million kub metrdan ortiq zangori
yonilg‘i — gaz olinadi. Bu o‘z ehtiyojlarimizni to‘la ta’minlagan holda, uni qo‘shni
davlatlarga eksport qilish im konini ham beradi. Bir
yilda qazib chiqariladigan
ko‘mir to‘rt million tonnani tash kil etadi. O‘zbekistonda qidirib topilgan ko‘mirning
umumiy zaxiralari 2 milliard tonnadan ko‘p.
Sanoati.
Paxta tozalash
Dostları ilə paylaş: