6
1.
Aholini ijtimoiy himoyalashda davlat byudjetining daromad va
xarajatlari
Byudjetning daromadlari va xarajatlari byudjet hisobining
asosiy obyektlari
bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun ham ulaming byudjet ijrosi jarayonining ayrim
bosqichlaridagi hisobi muhim ahamiyatga ega. Davlat byudjeti daromadlari
iqtisodiy mazmuni bo‘yicha:
1) yuridik shaxslardan tushgan mablag‘lar;
2) jismoniy shaxslardan tushgan mablagMarga boMinadi.
Davlat byudjeti daromadlari byudjetga tushish tavsifi bo‘yicha:
1) soliqlar sifatidagi tushumlar;
2) nosoliq tushumlarga bo‘linadi.
Davlat byudjeti daromadlari ulaming hisoblanish va kelib tushish davrlari bo‘yicha:
1) hisoblangan daromadlar;
2) kassa daromadlariga boMinadi. Davlat byudjetining hisoblangan darom
adlari. Byudjetning kassa organiga kelib tushguniga qadar davlat soliq hamda
moliya organlari tomonidan hisoblanishi kerak boMgan daromadlar davlat b u d jetin
in g hisoblangan d arom adlari, deb ataladi.
Davlat soliq va m oliya organlarida hisoblangan daromadlarning faqat tezkor
hisobi olib boriladi. Davlat byudjetining kassa daromadlari. Byudjetning bankdagi
schyotlariga haqiqatda kelib tushgan daromadlar davlat byudjetining kassa darom
adlari, deb ataladi. Kassa daromadlari byudjetning daromad
qismining bajarilish
darajasini belgilaydi. Shuning uchun ham byudjet daromadlarining tushumida faqat
kassa daromadlari bo‘yicha baho beriladi. D avlat byudjetining kassa xarajatlari.
Byudjetning
bankdagi
schyotlaridan
byudjetda
ko‘zda
tutilgan
xarajatlargagina mablag‘ beriladi. Byudjet mablag‘ari naqd pul sifatida hamda
pulsiz hisob-kitoblar yoki bilan berilishi mumkin. Byudjetning bankdagi
schyotlaridan bank muassasalari tomonidan berilgan summalar davlat byudjetining
kassa xarajatlari, deb ataladi. Davlat byudjetining haqiqiy x arajatlari. Byudjet
mablag'lari hisobidan haqiqatda qilingan xarajatlar
summasi hamda hisoblangan
yoki haqiqatda qilingan, ammo hali to‘lanmagan xarajatlar davlat byudjetining
7
haqiqiy xarajatlari deb ataladi. Byudjetning haqiqiy xarajatlari moliya organlarida
hisobga olinmaydi. Haqiqiy xarajatlar hisobi faqat bu xarajatlarning paydo bo‘lish
joylaridagina, ya’ni byudjet tashkilotlarida va xo‘jalik yurituvchi subycktlarda olib
boriladi. Moliya organlari kassa xarajatlari haqidagi ma’lumotlarni bank
muassasalaridan, haqiqiy xarajatlar haqidagi ma’lumotlarni esa byudjet
tashkilotlaridan va xo'jalik yurituvchi subyektlardan oladi.
Hisoblangan va kassa
daromadlar, kassa va haqiqiy xarajatlar byudjet ijrosi jarayonining turli bosqichlarini
tavsiflaydi. Moliya organlari byudjet ijrosini kassa daromadlari va xarajatlarida qayd
etadi.
Davlat byudjeti ijrosida qatnashuvchi barcha organlarda davlat byudjetining
daromadlari va xarajatlarini hisobga olish asosida byudjet tasnifi yotadi. Byudjet
tasnifi davlat byudjetini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish hamda ijro etish
maqsadida byudjet ma’lumotlarini bir tizimga solish uchun foydalanish va u byudjet
ma’lumotlari xalqaro tasnif tizimlarining aynan shunday ma’lumotlari
bilan
qiyoslanishini ta ’minlash maqsadida davlat byudjeti tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar
daromadlari va xarajatlarini, shuningdek uning taqchilligini moliyalashtirish
manbalarini guruhlash hisoblanadi.
Byudjet tasnifi hamma byudjetlami bir yagona davlat byudjetiga jamlash
imkoniyatini yaratadigan asosiy tashkiliy funksiyani amalga oshirishuvchi
hujjatgina bo‘lib qolmay, u katta iqtisodiy ahamiyatga ham egadir. Tasnifda davlat
byudjeti daromadlari va xarajatlari bir xil alomatlari bo‘yicha guruhlanadi
va ular
boMinmalar deb yuritiladi. Bo‘limlar, paragraflar, boblar va moddalar byudjet
tasnifi bo‘linmalari hisoblanadi. Byudjet tasnifi qonunchilikda belgilangan tartibda
0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va
tasdiqlanadi.
Turli darajadagi byudjetlar yagona byudjet tasnifi k o ‘rsatkichlari doirasida
shakllantiriladi va ijro etiladi, ya’ni tasnif obyektlariga
berilgan guruhlashtirish
kodlari bo‘yicha daromadlar va xarajatlar guruhlanadi. Byudjet tasnifi:
1) byudjet daromadlari;
2) byudjet xarajatlarining vazifa jihatidan;
8
3) byudjet xarajatlarining tashkiliy;
4) byudjet xarajatlarining iqtisodiy;
5) davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirish manbalari tasniflarini o‘z
ichiga oladi.
Davlat byudjeti daromadlarining tasnifi deganda qonun hujjatlariga muvofiq
davlat byudjeti daromadlarining turlari va manbalari bo‘yicha guruhlashtirish
tushuniladi. Davlat byudjeti xarajatlarining vazifa jihatidan tasnifi deganda davlat
boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari,
shuningdek, boshqa
byudjet tashkilotlari tomonidan ijro ctiladigan asosiy vazifalar bo‘yicha davlat
byudjeti xarajatlarini guruhlashtirish tushuniladi.
Davlat byudjeti xarajatlarining tashkiliy tasnifi deganda budjctdan
ajratiladigan m ablaglar ulami bevosita oluvchilar o‘rtasida taqsimlanishini aks
ettiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar va tadbirlar turlari bo‘yicha davlat byudjeti
xarajatlarini guruhlashtirish tushuniladi.
Davlat byudjeti xarajatlarining iqtisodiy tasnifi deganda to ‘lovlaming
iqtisodiy vazifasi va turlari bo‘yicha davlat byudjeti xarajatlarini guruhlashtirish
tushuniladi. Davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirish manbalari tasnifi deganda
Davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirish manbalarini moliyalashtirishning ichki
va tashqi manbalari bo‘yicha guruhlashtirish tushuniladi. Byudjet taqchilligi
deganda muayyan davrda byudjet xarajatlarining byudjet daromadlaridan ortiq
boMganligi tushuniladi.
Dostları ilə paylaş: