Qayta tiklanuvchi energiya manbalari


 Shamol energetik qurilmalarining turlari, tuzilishi va asosiy ko‘rsatkichlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/83
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210355
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   83
Qayta tiklovchi energiya manbalari

4.2. Shamol energetik qurilmalarining turlari, tuzilishi va asosiy ko‘rsatkichlari 
 
Elektr energiya narxini pasaytirishning o‘zgacha usuli - bu yirik SHES larni 
yuqori shamol potensiali bo‘lgan rayonlarda, shu jumladan dengiz qirg‘oqlarida 
qurish va katta quvvatli elektr manbaa tarmoqlari bilan paralell ishlashini 
ta’minlashdir.
Ko‘pchilik mamlakatlarda shamol energetikasini moliyalovchi xususiy 
tadbirkorlarga bir qator imtiyozli soliqlar joriy etilgan. Bir qancha soliqlarni 
to‘lashdan ma’lum muddatgacha ozod qilish, imtiyozli foiz stavkali uzoq muddatli 
kredit berish va to‘lov muddatini qurulish tugaguncha cho‘zish, ekologiya solig‘ini 
joriy etish, elektr energiya sotishdan tushgan foyda mablag‘ining bir qismini 
rivojlanish fondiga o‘tkazish, mahalliy narx-navoni joriy etish kabi choralar ko‘rilgan 
bo‘lib bu choralar sarflangan kapital sarmoyani juda oz fursatlarda qaytarishga 
qaratilgan. 
Hozirgi kunda O‘zbekistonda birlamchi energiya ishlab chiqarish tartibi 
jahondagi tartibdan farq qiladi. Buning sababi shundaki, IEA ma’lumotlariga ko‘ra, 
bizda asosiy yonilg‘i - energetika mahsulotlaridan: tabiiy gaz - 83,7%, neft 
mahsulotlari -10,2%, ko‘mir - 2,6 %, suyultirilgan gaz - 2,5 % va gidroenergiya -
1,0% tashkil etadi. 
Yadro energiyasidan va yangidan qo‘llanilayotgan energiya manbalari: 
geotermal, 
biomassa, 
quyosh, 
shamol 
energiyasidan 
katta 
hajmlarda 
foydalanilmayotganligi sababli ular haqidagi ma’lumotlar berilmagan. 


71 
GES larda ishlab chiqarilayotgan elektr energiya foiz hisobida olinganda 
dunyo ko‘rastkichlari bilan raqobatlasha oladi. IES da ishlab chiqarilayotgan elektr 
energiya esa dunyo ko‘rsatkichlaridan 22,52% ga yuqoridir. 
Ushbu holat shu bilan izohlanadiki, qazib chiqarilayotgan issiqlik - energetika 
mahsulotlarining aksariyat qismi yonilg‘i sifatida ishlatiladi. Vaholanki, neft va gaz 
eng qimmatbaho kimyoviy mahsulotdir. Shu sababli issiqlik energiya resruslaridan 
elektr energiya ishlab chiqarish mexanizmini o‘zgartirish zarur.
Mustaqil Respublikamizning milliy konsepsiyasi issiqlik energiya resurslarini 
tejovchi samarador usullarini shakllantirishga qaratilishi lozim. Yuqorida keltirilgan 
shamol energiyasidan foydalanish bo‘yicha dunyo tajribalarini baholash va tahlil 
etish, yangidan kashf etilayotgan energiya manbaalaridan sanalmish shamol 
enrgetikasini rivojlantirish va undan foydalanishning har tomonlama ustunligini 
namoyon etdi. Ushbu fikrni 4.2. 4.3, va 4.4 - jadvallardagi ma’lumotlar ham 
tasdiqlaydi. Ushbu jadvaldagi shamol intensivligi 15 m/sek bo‘lgan tumanlardagi 
shamol esish muddati uzoq muddatni tashkil etadi

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin