17
Kuril orollarida geotermal energetika iqtisodiy jihatdan samarador hisoblanadi (1.7
va 1.8-rasm).
Boshqa birlamchi manbalardan farqli o‘laroq geotermal energiya manbaini bir
necha ming kilometr uzoq masofaga uzatish iqtisodiy va texnik tomondan samarador
emas.
Shu sababli yer ostidan chiqadigan issiqlik energiyasi – mahalliy energiya
manbai
hisoblanib, bir muncha kichikroq hududda (geologiya-razvedka, burg‘ilash
uchastkasini tayyorlash, burg‘ulash, quduqlarni sinovdan o‘tkazish, suyuqlikni olish,
energiya ishlab chiqarish va uzatish, to‘ldirish, infratuzilmani yaratish va boshqalar)
o‘zlashtiriladi va ishlatiladi.
1.7-rasm
.
Issiqlik energiyasining yer
qaridan otilib chiqishi.
1.8-rasm
.
Issiq suv va bug‘ manbalari
Geotermal
energiyadan AQSH, Meksika va Filippinda katta miqyosda
foydalaniladi. Filippinda geotermal energiya ulushi 19%, Meksika - 4%, AQSH
(bevosita isitish, shu jumladan elektr energiyasini qayta ishlashsiz) - 1% ga teng.
AQSH ning barcha geotermal elektr stansiyalarining umumiy quvvati 2
million kVt
dan ortiq. Geotermal energiya Islandiya poytaxti Reykyavikni issiqlik energiyasi
bilan to‘liq ta’minlaydi. 1943-yilda u erda 440 dan 2400 metrgacha chuqurlikka ega
bo‘lgan 3240 quduq burg‘ulangan bo‘lib, ular yordamida 60 dan 130 °
C gacha
haroratga ega bo‘lgan issiq suv yer sathiga ko‘tariladi. Ushbu quduqlardan
18
to‘qqiztasi hali ham faol ishlamoqda. Rossiya Federatsiyasining
Kamchatka yarim
orolida quvvati 200 MVt li geotermal IES (issiqlik elektr stansiyasi) faoliyat
ko‘rsatmoqda.
Dostları ilə paylaş: