121
PROCEDURE SUMMA1(A,B: REAL; N: INTEGER);
PROCEDURE TH(VAR A,R: REAL);
FUNCTION SS1(B: REAL; I,J: INTEGER): REAL;
Agar ikkita yoki undan ko‗p formal parametrlar ro‗yxatda bir xil turda bo‗lsa, u
holda ularni bitta tasvirlashga kiritish mumkin. Formal parametrlarni ro‗yxatda
ixtiyoriy tartibda ko‗rsatish mumkin. Protsedura va
funksiya qism dasturlariga
murojaat qilinayotganda formal parametrlar qanday tartibda kelsa,
aniq parametrlar
ham shu tartibda kelishi kerak.
Protsedura va funksiya qism dasturlarini o‗z ichiga olgan asosiy dasturda nom
tanlanayotganda lokal va global parametrlarning bir xil bo‗lmagani maqul.
Parametr-qiymatlar parametrlari berilganlarni qism dasturlar (protsedura va
funksiya) ga uzatish uchun ishlatiladi.
Bunda
yuqorida aytilganidek, ular formal parametrlar ro‗yxatida turlari
ko‗rsatilgan holda, bir-birlaridan vergul bilan ajratilgan holda sanab o‗tiladi.
12.5. Standart protsedura va funksiyalarga misollar
Paskal tilida bir qancha maxsus protsedura va funksiyalar mavjud bo‗lib, ular
quyidagi guruhlarga bo‗linadi:
qatorni qayta ishlash;
fayllar
bilan ishlash;
dinamik o‗zgaruvchilar uchun xotirani boshqarish;
arifmetik funksiyalar;
ekran bilan ishlash.
Ularning ayrimlarini ko‗rib chiqamiz:
Halt- dasturni bajarishdan to‗xtatish;
Odd(i)- I-toq bo‗lsa ―True‖ aks holda ―False‖
qiymat oladi;
Edit- bajarilayotgan blokdan chiqish;
Random- 0 dan 1 gacha bo‗lgan sonni tasoddifan olish;
GotoXY(x,y)- kursorni ko‗rsatilgan joyga qo‗yish;
122
ClrScr- ekranni tozalab, kursorni ekran boshiga qo‗yish;
Trunc- argumentning butun qismi:
Str(I;Var S:String)- raqamni simvolga o‗tkazish (I-ifoda yoki o‗zgaruvchi);
Val(S:String; Var P;ko:Integer)- simvolni raqamga o‗tkazish (P-o‗zgaruvchi);
Length (S:String)- qator uzunligini aniqlash.
Pos(st1,st) - qatordagi qator qismi holatini aniqlash.
Misol: st:=‘Toshkent‘; st1:=‘kent‘; p:=pos(st1,st); Javob: p=4. Agar
izlanayotgan qator qism qatorda yo‗q bo‗lsa qiymat nulga teng bo‗ladi.
Copy(st,m,n) - qatordan fragment kesib oladi.
Misol: st:=‘Toshkent‘; p:=Copy(st,4,4); Javob: p=‘kent‘.
Delete(st,m,n) - qatordan fragment kesib olib tashlaydi.
Misol: st:=‘Toshkent‘; p:=Delete(st,4,4); Javob: p=‘Tosh‘.
Dostları ilə paylaş: