Misol 1. Berilgan x va y sonlari uchun U = MAX( x + y, x * y);
V= MAX( 0.5, U) topilsin.
Program max;
Var x, y, u, v, s: real;
Prosedure prosed ( p1, p2: real);
Begin If p1 > p2
then s : = p1
else s : = p2
End ;
Begin Write ( ‗x = ‗);
readln ( x );
Write ( ‗y =‗);
readln ( y );
Prosed ( x + y, x * y); u : = s;
118
Prosed ( 0.5, u); v : = s;
Writeln ( u:3:1, v);
End. 12.2. Paskalda funksiya tushunchasi Funksiya bu shunday qism dasturki, bunda bitta natija chiqadi va u funksiya
nomida hosil bo‗ladi. Shuning uchun funksiya protsedura qism dasturining xususiy
holi bo‗lib, undan farqi shundaki, birinchidan, funksiya qism dasturining natijasi bitta
qiymatdan iborat bo‗ladi.
Protsedura qism dasturida natija esa bitta yoki bir necha bo‗lishi mumkin.
Funksiya qism dasturining natijasi asosiy dasturga funksiyaning natijasi sifatida
beriladi.
Protsedura qism dasturi natijalari esa uning parametrlari qiymati sifatida hosil
bo‗ladi.
Funksiya qism dasturini aniqlanishi protsedura qism dasturini aniqlanishiga
o‗xshaydi va u ham sarlavha va blokdan iborat bo‗ladi.
Funksiya qism dasturining umumiy ko‗rinishi quyidagicha bo‗ladi:
Function (): ;
bu erda function - xizmatchi so‗z, - funksiyani nomi, < formal
parametrlar ro‗yxati> - kiritiladigan sohta parametrlar sanab o‗tiladi, - funksiya
natijasining turi.
Bunda natija funksiya nomida hosil bo‗ladi. Bundan tashqari, funksiyani
parametrsiz ko‗rinishini ham yozish mumkin:
Function : ;
119
Har ikkala holda ham funksiya natijasi funksiya qism dasturi tanasida funksiya
nomiga hech bo‗lmaganda bir marta o‗zlashtirilishi shart.