35
boshqarishi bilan bog‘liq. Bu davrda, ya‘ni 1037-yilda Kiyevda Sofiya sobori, 1036-yilda
Chernigovda Spaso-Preobrajenskiy sobori va 1045—1052-yfflarda Novgorodda Sofiya
soborlari qurilgan. Bu ibodatxonalarning hammasi salb-gumbazli
kompozitsion usulda
qurilib, asosiy gumbaz yelkanli konstruksiya asosida, yon xonalar (neflar)
silindrik
gumbazlar bilan yopilgan. Gumbazlar asosan ustunlar va tashqi devorlarga qo‘yilgan.
Tashqi devorlardagi pilyastralar gumbazlarni tutib turgan. Binoning sharqiy tomonida
yarim aylana shaklida apsidalar qurilgan.
Kiyevdagi Sofiya ibodatxonasi eng mahobatli va yirik imorat bo‘lib,
Konstantinopoldagi Sofiya ibodatxonasi ta‘siri ostida qurilgan.
Bu ibodatxona salb-
gumbazli turda bo‘lib, besh nefdan tashkil topgan. Bino atrofi arkali galereyalar bilan
o‘ralgan. Binoning tashqi ko‘rinishi zinali shaklga ega bo‘lib, markaziy gumbazga qarab
ko‘tarilgan. Binoning ichki ko‘rinishlari freska va mozaika bilan bezatilgan.
Novgorod shahridagi Sofiya ibodatxonasi ham mahobatli
va oddiy shakllardan
tashkil topgan. Bu imorat ham salb-gumbazli kompozitsiyaga ega bo‘lib, planda 5 nefdan
iborat. Bino asosan simmetrik tarzda baland doiralarga o‘rnatilgan besh gumbaz bilan
yopilgan.
XII - XIII asrlarda Rus arxitekturasi asosan uch hududiy maktablar xususiyatlari bilan
ajralib turadi: shimoliy-g‘arbiy maktab (Novgorod va Pskov), janubiy-g‘arbiy (Dnepr
bo‘yi va Golisk-Volinsk) va shimoliy-sharqiy (Vladimir va Suzdal).
Bu davrda arxitektura rivojlanishida 2 yo‘nalish ajralib turadi:
birinchisi- yangi
konstruktiv usullardan foydalanish natijasida binolarning hajm-fazoviy tuzilishiga
o‘zgartirishlar kiritish; ikkinchisi — salb-gumbazli kompozitsiyani yanada rivojlantirish va
alohida qismlarni o‘zgartirish. Birinchi yo‘nalish Dnepr bo‘yi maktabiga xos bo‘lib,
Chernigovda XII - XIII asrlarda qurilgan Pyatnitskiy cherkovi bunga misol bo‘la oladi.
Bu bino planda uch nefdan iborat bo‘lib, baland doira ustiga o‘rnatilgan bir gumbaz bilan
yopilgan. Ibodatxona tashqi kompozitsiyasi vertikal o‘q bo‘yicha
rivojlangan minora
shaklida bajarilgan.
Ikkinchi yo‘nalish Vladimir - Suzdal maktabiga xos bo‘lib, Nerli daryosi bo‘yidagi
Pokrov ibodatxonasi (1165-yilda qurilgan), Vladimir shahridagi Dmitriy sobori (1194—
1197-yillarda qurilgan) va Uspenskiy sobori (1158-1189- yillarda qurilgan) misol bo‘la
36
oladi. Nerlidagi ibodatxona o‘zining yetuk kompozitsion tuzilishi, vertikal yo‘naltirilgan
pilyastrlar va chiroyli gumbazi bilan ajralib turadi.
Vladimir shahridagi Dmitriy sobori ham baland doira ustiga o‘rnatilgan gumbaz va
vertikal yo‘nalishda tuzilgan kompozitsiyaga ega. Dmitriy sobori tashqi ko‘rinishda tosh
o‘ymakorligi va bezaklari bilan xarakterlanadi.
Umuman olganda, bu davrdagi rus arxitekturasi oq rangli tabiiy tosmardan qurilgan
va gumbazlari tilla qoplangan kompozitsion tuzilishi bilan ajralib turadi. Ammo
shaharlarning asosiy qismini tashkil qiluvchi turarjoy qadimgi an‘analar asosida
yog‘ochdan qurilgan.
Dostları ilə paylaş: