40
ko‘rinishi kompozitsiyasi yengil va plastik jihatdan boy bezatilishi bilan ajralib turadi. Bino
fasadlari va interyerlarida klassik shakllar - arkada, kolonnada, antik qismlardan keng
foydalanilgan.
Milandagi Sant-Ambrodjo ibodatxonasi VI asrda qurilgan va XI -XII asrlarda qayta
qurilgan. Bu binoning tashqi ko‘rinishi 3 qavatli baland ravoqlardan tashkil topgan va
ularning orqasida lodjiyalar joylashtirilgan. Bino oldida arkalar bilan o‘ralgan atrium
(hovli) va g‘ishtdan qurilgan baland minora -
kampiniila
joylashtirilgan.
Italiyada bazilika kompozitsion uslubida bir necha ibodatxonalar qurilgan. Masalan,
1013-yilda Florensiyada qurilgan San-Miniato ibodatxonasi, 1063-yilda Pizada qurilishi
boshlangan ibodatxona. Pizadagi ansambl o‘zining yiqilayotgan minorasi bilan
mashhurdir. Bu ansambl XI - XII asrlarda arxitektorlar Busketto va Raynaldo loyihasi
asosida qurilgan. Ansambldagi asosiy ibodatxona besh nefli bazilika bo‘lib, bino tashqi va
ichki ko‘rinishlari boy bezatilgan va marmar toshlardan keng foydalanilgan.
Italiyada markaziy kompozitsion tuzilishdan ham keng foydalanilgan. Masalan,
Florensiyada 1059-yilda qurilgan San-Djovani baptisteriysi (cho‘qintirish sajdagohi) va
1153-yilda qurilishi boshlangan Piza ansambldagi baptisteriy.
Italiyada roman uslubida qurilgan shaharsozlik namunalaridan San-Djiminiano shahri
XII - XIII asrlarda qurilgan. Bu shahar minorasimon baland imoratlar - feodallar turarjoy
binolaridan tashkil topgan.
Dostları ilə paylaş: