Davlat xaridlari siyosati
– davlat organlari va korxonalardan
faqat milliy firmalardan ayrim tovarlarni sotib olishni, garchi bu
mahsulotlar importdan qimmatroq bo'lishi mumkin bo’lsa-da, talab
qiladigan usul.
Tarkibida mahalliy qismlarning mavjud bo’lishi talabi ichki
bozorda sotilishi mo’ljallangan, milliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan
ishlab chiqarilishi kerak bo'lgan yakuniy mahsulotning ulushini
qonuniy ravishda belgilash usuli hisoblanadi.
3. Tartibga solishning moliyaviy tarifsiz usullari
Eksportni moliyalashtirish davlat manbalaridan davlat byudjeti va
turli muassasalar (banklar, fondlar va boshqalar) hisobidan, shuningdek
xususiy sektor – eksportchilar va ularga xizmat ko'rsatuvchi banklar
hisobidan ham amalga oshirilishi mumkin.
А. Subsidiyalar
Agar hukumat milliy ishlab chiqaruvchilarning eksportini
rag'batlantirish zarur deb hisoblasa, u holda ularni byudjetdan
subsidiyalar bilan ta'minlashi mumkin.
Subsidiya – milliy ishlab chiqaruvchilarni qo'llab-quvvatlash va
importni bevosita kamsitishga qaratilgan pul to'lovi.
Subsidiyalar to’lov xarakteriga ko’ra bo'linadi:
-
eksport operatsiyalari amalga oshirilgandan so'ng eksportchiga
uning xarajatlari va olingan daromadlari o'rtasidagi farq miqdori
bo'yicha to'g'ridan-to'g'ri to'lovlar. To'g'ridan-to'g'ri subsidiyalar
ishlab chiqaruvchiga tashqi bozorga chiqganda dotatsiyalar sifatida
beriladi;
-
Bilvosita – soliqlarni to'lash bo'yicha imtiyozlar berish,
sug'urtalashning imtiyozli shartlari, bozordan past bo'lgan stavka
bo'yicha
kreditlar,
import
bojlari
va
boshqalar
orqali
eksportchilarni yashirin ravishda dotatsiyalash.
75
Subsidiyalar import bilan raqobatlashadigan tovar ishlab
chiqaruvchilar va eksportga sotiladigan tovarlar ishlab chiqaruvchilarga
berilishi mumkin.
Ichki subsidiya savdo siyosatining eng yashirin moliyaviy va
importga qarshi kamsitish (diskriminatsiya) usulidir, bu esa import
bilan raqobatlashadigan tovarlarni mamlakat ichida ishlab chiqarishni
byudjet hisobidan moliyalashtirishni nazarda tutadi.
B. Eksport kreditlari
Eksport krediti – davlat tomonidan milliy firmalar tomonidan
eksportni rivojlantirishni moliyaviy rag'batlantirishni nazarda tutadigan
tashqi savdo siyosatining moliyaviy tarifsiz usuli.
Eksportni kreditlash shakllari:
-
milliy eksportchilarga davlat banklari tomonidan bozordan past foiz
stavkasi bo'yicha beriladigan subsidiyalangan kreditlar;
-
xorijiy importchilarga davlat kreditlari, tovarlarni faqat bunday
kreditni bergan mamlakat firmalaridan sotib olish sharti bilan
kreditlash (bogliq kredit);
-
milliy eksportchilarning eksport tavakkalchiliklarini sug'urtalash,
savdo tavakkalchiliklarini (importchining yetkazib berishni to'lashga
qodir emasligi) va siyosiy tavakkalchiliklarni (importchining o'z
majburiyatlarini bajarishiga hukumatning to’sqinlik qiladigan
harakatlarini) o'z ichiga oladi.
Eksport kreditlari ko’rinishlari
:
-
qisqa muddatli – 1 yilgacha bo'lgan muddatda, iste'mol tovarlari va
xom ashyo eksportini kreditlash uchun foydalaniladi;
-
o'rta muddatli – 1 dan 5 yilgacha bo'lgan muddatda, mashina va
uskunalar eksportini kreditlash uchun foydadalaniladi;
-
uzoq muddatli – 5 yildan ortiq muddatda, yirik loyihalar va
investitsiya mahsulotlarini eksport qilishni kreditlash uchun
foydalaniladi.
C. Demping
Demping – eksport bahosini ushbu mamlakatlarda mavjud
bo'lgan normal narx darajasidan pasaytirish orqali mahsulotni tashqi
bozorga chiqarishga qaratilgan savdo siyosatining moliyaviy tarifsiz
usuli. Demping tashqi bozorni egallashga intilayotgan ayrim
firmalarning resurslari va eksportchilarga davlat subsidiyalari
hisobidan amalga oshirilishi mumkin. Dempingning asosida odatda
76
talabning narxga ko’ra elastikligi ichki bozorda tashqi bozorga nisbatan
past bo'lgan bozor holati yotadi.
4.Tartibga solishning tarifsiz noiqtisodiy usullari
А. Savdo shartnomalari
Davlatlar o'rtasidagi savdo munosabatlari ikki tomonlama asosda
ijro etuvchi hokimiyat darajasida (hukumatlar o'rtasida) tuzilgan savdo
shartnomalari va bitimlar yordamida tartibga solinadi. Bunday bitimlar
qonun chiqaruvchi organ (parlament) tomonidan ratifikatsiyalanadi.
Ular odatda 5-10 yilga tuziladi va tomonlar tomonidan davriy qayta
ko'rib chiqiladi.
Savdo shartnomasi – davlatlararo shartnomalar turi, ikki
tomonlama savdo tamoyillari va rejimini belgilaydi. Xalqaro
huquqning asosiy tamoyili shundaki, har bir davlat o'z hududida mutlaq
yurisdiktsiyaga ega va bu hududda joylashgan barcha yuridik va
jismoniy shaxslar uning yurisdiktsiyasiga kiradi.
B. Huquqiy rejimlar
Jahon amaliyotida xalqaro savdoni tartibga solishda quyidagi
huquq rejimlaridan biri berilishi mumkin: milliy rejim yoki "mumkin
qadar qulaylik yaratish (imkon tug'dirish)" rejimi.
Milliy rejim – bir davlat xorijiy rezidentlarga o’zining yuridik va
jismoniy shaxslari uchun yaratib bergan rejimdan kam bo'lmagan qulay
rejim taqdim etishi. Ko'pincha milliy rejim integratsiya guruhlariga a'zo
davlatlar o’rtasidagi va kapitalni eksport qilish bilan bog'liq
munosabatlarda qo’llaniladi. Xorijiy investisiyalarga milliy rejim
taqdim etilganda milliy va xorijiy tadbirkorlar, ba'zi bir istisnolardan
tashqari, bozorda teng huquqli sub'ekt sifatida chiqadilar va bu xorijiy
investorlar manfaatlarini cheklab qo'ymaydi. Bundan shunday xulosa
kelib chiqadiki, "milliy rejim" qabul qiluvchi davlat hududida asosan
chet elliklar huquqlari sarmoya chiqayotgan mamlakat qonunlari
doirasida emas, balki mahalliy (milliy) qonunlar doirasida belgilanadi.
Bunda xorijiy investisiyalar rejimi milliy yuridik shaxslarga taqdim
etiladigan rejimdan qulayligi past bo'la olmaydi.
Mumkin qadar qulaylik yaratish (imkon tug’dirish) rejimi –
xalqaro savdo shartnomalarida mustahkamlangan shart bo’lib, bir
mamlakat tomonidan uchinchi mamlakatga yaratgan qulay shart-
sharoitlarni, afzallik va imtiyozlarni o'z hamkor mamlakatiga ham
taqdim etishini nazarda tutuvchi huquqiy rejim. Bu rejim JST
77
shartlariga kiritilgan va xalqaro savdoda nodiskriminatsion rejim
yaratish uchun asos hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |