Buxoro davlat universiteti raxmatullayeva f. M., Abdulloyev a. J., Giyazova n. B., Narzullayeva g. S



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/93
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210759
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   93
12740 2 A33B8B49E6EAD09463E261CBFE4E14A01B14D4D4

 
Davlat xaridlari siyosati 
– davlat organlari va korxonalardan 
faqat milliy firmalardan ayrim tovarlarni sotib olishni, garchi bu 
mahsulotlar importdan qimmatroq bo'lishi mumkin bo’lsa-da, talab 
qiladigan usul. 
Tarkibida mahalliy qismlarning mavjud bo’lishi talabi ichki 
bozorda sotilishi mo’ljallangan, milliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan 
ishlab chiqarilishi kerak bo'lgan yakuniy mahsulotning ulushini 
qonuniy ravishda belgilash usuli hisoblanadi. 
3. Tartibga solishning moliyaviy tarifsiz usullari
Eksportni moliyalashtirish davlat manbalaridan davlat byudjeti va 
turli muassasalar (banklar, fondlar va boshqalar) hisobidan, shuningdek 
xususiy sektor – eksportchilar va ularga xizmat ko'rsatuvchi banklar 
hisobidan ham amalga oshirilishi mumkin. 
 
А. Subsidiyalar 
Agar hukumat milliy ishlab chiqaruvchilarning eksportini 
rag'batlantirish zarur deb hisoblasa, u holda ularni byudjetdan 
subsidiyalar bilan ta'minlashi mumkin. 
Subsidiya – milliy ishlab chiqaruvchilarni qo'llab-quvvatlash va 
importni bevosita kamsitishga qaratilgan pul to'lovi. 
Subsidiyalar to’lov xarakteriga ko’ra bo'linadi: 
-
eksport operatsiyalari amalga oshirilgandan so'ng eksportchiga 
uning xarajatlari va olingan daromadlari o'rtasidagi farq miqdori 
bo'yicha to'g'ridan-to'g'ri to'lovlar. To'g'ridan-to'g'ri subsidiyalar 
ishlab chiqaruvchiga tashqi bozorga chiqganda dotatsiyalar sifatida 
beriladi; 
-
Bilvosita – soliqlarni to'lash bo'yicha imtiyozlar berish, 
sug'urtalashning imtiyozli shartlari, bozordan past bo'lgan stavka 
bo'yicha 
kreditlar, 
import 
bojlari 
va 
boshqalar 
orqali 
eksportchilarni yashirin ravishda dotatsiyalash. 


75 
Subsidiyalar import bilan raqobatlashadigan tovar ishlab 
chiqaruvchilar va eksportga sotiladigan tovarlar ishlab chiqaruvchilarga 
berilishi mumkin. 
Ichki subsidiya savdo siyosatining eng yashirin moliyaviy va 
importga qarshi kamsitish (diskriminatsiya) usulidir, bu esa import 
bilan raqobatlashadigan tovarlarni mamlakat ichida ishlab chiqarishni 
byudjet hisobidan moliyalashtirishni nazarda tutadi. 
 
B. Eksport kreditlari 
Eksport krediti – davlat tomonidan milliy firmalar tomonidan 
eksportni rivojlantirishni moliyaviy rag'batlantirishni nazarda tutadigan 
tashqi savdo siyosatining moliyaviy tarifsiz usuli. 
Eksportni kreditlash shakllari: 
-
milliy eksportchilarga davlat banklari tomonidan bozordan past foiz 
stavkasi bo'yicha beriladigan subsidiyalangan kreditlar; 
-
xorijiy importchilarga davlat kreditlari, tovarlarni faqat bunday 
kreditni bergan mamlakat firmalaridan sotib olish sharti bilan 
kreditlash (bogliq kredit); 
-
milliy eksportchilarning eksport tavakkalchiliklarini sug'urtalash, 
savdo tavakkalchiliklarini (importchining yetkazib berishni to'lashga 
qodir emasligi) va siyosiy tavakkalchiliklarni (importchining o'z 
majburiyatlarini bajarishiga hukumatning to’sqinlik qiladigan 
harakatlarini) o'z ichiga oladi. 
Eksport kreditlari ko’rinishlari

-
qisqa muddatli – 1 yilgacha bo'lgan muddatda, iste'mol tovarlari va 
xom ashyo eksportini kreditlash uchun foydalaniladi; 
-
o'rta muddatli – 1 dan 5 yilgacha bo'lgan muddatda, mashina va 
uskunalar eksportini kreditlash uchun foydadalaniladi; 
-
uzoq muddatli – 5 yildan ortiq muddatda, yirik loyihalar va 
investitsiya mahsulotlarini eksport qilishni kreditlash uchun 
foydalaniladi. 
 
C. Demping 
Demping – eksport bahosini ushbu mamlakatlarda mavjud 
bo'lgan normal narx darajasidan pasaytirish orqali mahsulotni tashqi 
bozorga chiqarishga qaratilgan savdo siyosatining moliyaviy tarifsiz 
usuli. Demping tashqi bozorni egallashga intilayotgan ayrim 
firmalarning resurslari va eksportchilarga davlat subsidiyalari 
hisobidan amalga oshirilishi mumkin. Dempingning asosida odatda 


76 
talabning narxga ko’ra elastikligi ichki bozorda tashqi bozorga nisbatan 
past bo'lgan bozor holati yotadi.
4.Tartibga solishning tarifsiz noiqtisodiy usullari 
 
А. Savdo shartnomalari 
Davlatlar o'rtasidagi savdo munosabatlari ikki tomonlama asosda 
ijro etuvchi hokimiyat darajasida (hukumatlar o'rtasida) tuzilgan savdo 
shartnomalari va bitimlar yordamida tartibga solinadi. Bunday bitimlar 
qonun chiqaruvchi organ (parlament) tomonidan ratifikatsiyalanadi. 
Ular odatda 5-10 yilga tuziladi va tomonlar tomonidan davriy qayta 
ko'rib chiqiladi. 
Savdo shartnomasi – davlatlararo shartnomalar turi, ikki 
tomonlama savdo tamoyillari va rejimini belgilaydi. Xalqaro 
huquqning asosiy tamoyili shundaki, har bir davlat o'z hududida mutlaq 
yurisdiktsiyaga ega va bu hududda joylashgan barcha yuridik va 
jismoniy shaxslar uning yurisdiktsiyasiga kiradi.
 
B. Huquqiy rejimlar
Jahon amaliyotida xalqaro savdoni tartibga solishda quyidagi 
huquq rejimlaridan biri berilishi mumkin: milliy rejim yoki "mumkin 
qadar qulaylik yaratish (imkon tug'dirish)" rejimi.
 
Milliy rejim – bir davlat xorijiy rezidentlarga o’zining yuridik va 
jismoniy shaxslari uchun yaratib bergan rejimdan kam bo'lmagan qulay 
rejim taqdim etishi. Ko'pincha milliy rejim integratsiya guruhlariga a'zo 
davlatlar o’rtasidagi va kapitalni eksport qilish bilan bog'liq 
munosabatlarda qo’llaniladi. Xorijiy investisiyalarga milliy rejim 
taqdim etilganda milliy va xorijiy tadbirkorlar, ba'zi bir istisnolardan 
tashqari, bozorda teng huquqli sub'ekt sifatida chiqadilar va bu xorijiy 
investorlar manfaatlarini cheklab qo'ymaydi. Bundan shunday xulosa 
kelib chiqadiki, "milliy rejim" qabul qiluvchi davlat hududida asosan 
chet elliklar huquqlari sarmoya chiqayotgan mamlakat qonunlari 
doirasida emas, balki mahalliy (milliy) qonunlar doirasida belgilanadi. 
Bunda xorijiy investisiyalar rejimi milliy yuridik shaxslarga taqdim 
etiladigan rejimdan qulayligi past bo'la olmaydi. 
Mumkin qadar qulaylik yaratish (imkon tug’dirish) rejimi – 
xalqaro savdo shartnomalarida mustahkamlangan shart bo’lib, bir 
mamlakat tomonidan uchinchi mamlakatga yaratgan qulay shart-
sharoitlarni, afzallik va imtiyozlarni o'z hamkor mamlakatiga ham 
taqdim etishini nazarda tutuvchi huquqiy rejim. Bu rejim JST 


77 
shartlariga kiritilgan va xalqaro savdoda nodiskriminatsion rejim 
yaratish uchun asos hisoblanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin