78
XX asrning 80-yillaridayoq jahon yalpi ichki maxsulotining 64%
i xizmatlardan iborat bo'lishiga qaramasdan uzoq davr mobaynida
xizmatlar xalkaro iqtisodiy munosabatlar fanida chuqur o’rganilmagan.
Shu munosabat bilan xizmatlar tushunchasi ta'rifida
iqgisodiy
adabiyotda yakdillik bilan umumqabul qilingan ilmiy yondashuvlar
yo'q.
Xalqaro xizmatlar savdosi sohasini o'rganishdagi birinchi vazifa
xizmatlarga ta'rif berish va uning iqtisodiy faoliyatning boshqa
turlaridan farqini aniqlab olish zarur.
Xizmatlar – ishlab chiqaruvchi va iste'molchi o'rtasidagi kelishuv
munosabatlari asosida boshqa shaxslarning ehtiyojlarini qondirishga
yo'naltirilgan faoliyat.
Xalqaro tovarlar savdosi va xizmatlar savdosi bir-biri bilan
chambarchas bog'liq. Tovarlarni xorijga yetkazib
berishda bozorlarni
tahlil qilishdan boshlab tovarlarni transport bilan tashishgacha bo'lgan
ko'pgina xizmatlar ko'rsatiladi. Xalqaro aylanmaga kelib tushuvchi
ko'pgina xizmatlar turlari tovarlar eksporti va importi tarkibiga
kiritiladi. Shu bilan birga xizmatlar savdosi an'anaviy tovarlar
savdosiga nisbatan o'ziga xos xususiyatlarga ega.
Xalqaro xizmatlar savdosi tovarlar savdosi bilan solishtirganda
quyidagi o'ziga xos xususiyatlarga ega:
-
chegarada emas balki mamlakat ichida
ichki qonunchilikka mos
ravishda tartibga solinadi. Xizmatning chegara bilan kesishishi
haqidagi faktning mavjud yoki mavjud emasligi xizmat eksporti
mezoni bo'la olmaydi;
-
xizmatlar saqlashga moyil emas, ular bir vaqtda ishlab chiqariladi va
iste'mol qilinadi. Shu tufayli ko'pgina xizmatlar turlari ishlab
chiqaruvchilar
va
iste'molchilar
o'rtasidagi
to'gridan-to'gri
shartnomalarga asoslanadi;
-
xizmatlarni ishlab chiqarish va realizasiyasi moddiy ishlab chiqarish
hamda savdoga qaraganda katta davlat himoyasiga ega. Ko'pgina
mamlakatlarda
transport, aloqa, moliyaviy va sugurta xizmatlari, ilm
- fan, ta'lim, sog'liqni saqlash butunlay yoki qisman davlat mulki
tarkibida va uning qatiy nazorati ostida bo’ladi;
-
xalqaro xizmatlar savdosi tovarlar savdosi bilan chambarchas
aloqada va unga kuchli ta'sir qiladi. Masalan, xizmatlar sohasining
katta hajmda texnik xizmatni, axborot va maslahat xizmatlarini
talab
qiluvchi ilmtalab tovarlar savdosiga ta'siri katta;
79
-
xizmatlarning hamma turi tovarlarga qaraganda savdo predmeti bo'la
olmaydi. Asosan, ichki isge'molga kelib tushuvchi xizmatlar xalqaro
xo'jalik aylanmasi tarkibiga kiritilmaydi.
Dostları ilə paylaş: