72
bo'yicha bojxona bojlariga tortiladi, yoki import qilinuvchi tovarlarga
ular qiymati yoki miqdori doirasida oddiy hajmdagi boj solinadi,
belgilangan cheklovlar oshib ketganida
tovarlarga nisbatan
bojlarning oshirilgan stavkalari qo’llaniladi.
-
eksport kvotasi
– eksport uchun ruxsat etilgan mahsulotlar miqdorini
cheklaydi.
-
import kvotasi
– import uchun ruxsat etilgan mahsulotlar miqdorini
cheklaydi.
B. Litsenziyalash
– vakolatli davlat organlaridan ma’lum bir
eksport va/yoki import operatsiyalarini amalga oshirish uchun huquq
yoki ruxsat (litsenziya) olish tarzidagi cheklov. Litsenziyaning o'zida
tovarlarni olib kirish yoki olib chiqish tartibi belgilanishi mumkin.
Shuningdek, litsenziya ma'lum miqdordagi tovarni import qilish (olib
chiqish) uchun ruxsatni ham o'z ichiga olishi mumkin – bu holda
litsenziyalash kvota bilan chambarchas bog'liq.
Litsenziyalash
kvotaning ajralmas qismi bo'lishi yoki davlat tomonidan tartibga
solishning mustaqil vositasi bo'lishi mumkin. Birinchi holatda,
litsenziya qabul qilingan kvota doirasida tovarlarni olib kirish yoki olib
chiqish huquqini tasdiqlovchi hujjatdir; ikkinchi holatda bir qator o'ziga
xos shakllarni oladi:
-
bir martalik litsenziya – muayyan firmaga birta tashqi savdo bitimi
bo’yicha eksport yoki import operatsiyasini amalga oshirish uchun
hukumat tomonidan 1 yilgacha bo'lgan muddatga berilgan yozma
ruxsatnoma;
-
bosh litsenziya – bitimlarning sonini cheklamasdan, bir yil ichida
ma'lum bir mahsulotni olib kirish yoki olib chiqish uchun
ruxsatnoma. Bosh litsenziya tovarning
aniq xaridori yoki
sotuvchisi ko'rsatilmagan holda eksport yoki import qilinadigan
tovarlarning har bir turi, miqdori va qiymatini,
tovarning aniq
xaridori yoki sotuvchisini belgilamasdan ko’rsatgan holda
rasmiylashtiriladi. O'zR hukumatining qarori bosh lisenziyani
berish uchun asos hisoblanadi;
-
global litsenziya – ushbu mahsulotni ma'lum
bir vaqt ichida
dunyoning istalgan mamlakatiga miqdori yoki qiymatini
cheklamasdan olib kirish yoki olib chiqish uchun ruxsatnoma;
-
avtomatik litsenziya – eksportchi yoki importchidan ariza
olinganidan keyin, davlat organi tomonidan
rad etilishi mumkin
bo’lmagan, darhol beriladigan ruxsatnoma.
73
Litsenziyalarni taqsimlash mexanizmlari:
-
kim oshdi savdosi – tanlov asosida litsenziyalarni sotish;
-
hukumat tomonidan muayyan firmalarga litsenziyalarni avvalgi
davr uchun import hajmiga proporsional ravishda yoki milliy
importchilar tomonidan talab tarkibiga
proporsional ravishda
biriktirish;
-
litsenziyalarni narxsizz asosda taqsimlanishi.
Dostları ilə paylaş: