86
9.1. Kapital chiqishining mohiyati, sabablari va shakllari
Xalqaro kapital harakati jahon iqtisodiy munosabatlarining asosiy
shakllaridan biridir. Xalqaro kapital harakati kapitalni xorijga
chiqarishda namoyon bo’ladi.
Kapitalni
xorijga chiqarish, uning davlatlar orasida faol
migratsiyasi zamonaviy jahon хo’jaligi va хalqaro iqtisodiy munosaba
tlarning eng muhim ajralib turuvchi tomoniga aylandi.
Kapitalni chiqarishning mohiyati kapitalning bir qismini bir
mamlakatdagi milliy tovar ayirboshlash jarayonidan olib chiqib boshqa
mamlakatlarda ishlab chiqarish jarayoniga (yoki boshqa muomalaga)
kiritish bilan bog’liq. Qadim zamonlardan buyon keng tarqalgan tashqi
savdodan farqli o'laroq, sarmoyani eksport
qilish imkoniyati sanoati
rivojlangan mamlakatlarda kapitalning to'planishi katta hajmga
yetganida va uning nisbiy "ortiqchaligi" shakllanganida paydo bo’ldi.
Bu "ortiqcha", yoki sanoati rivojlangan mamlakatlarda kapital yig'ish
hajmi va shu mamlakatlarda uning qo'llash imkoniyatlari o'rtasidagi
tafovut, kapitalni chiqarishni zarurligini belgilaydi.
Kapitalni eksport qilishning roli kapitalni eksport qiluvchi va
import qiluvchi mamlakatlar uchun farq qiladi.
Eksport qiluvchi
mamlakatlar (ya'ni, kapital chiqadigan) "asos mamlakatlari» deb
ataladi. Import qiluvchi davlatlar (ya'ni, kapital kiradigan) qabul
qiluvchi tomonlar deb ataladi. Sarmoyani eksport qilish eksport
qiluvchi mamlakatning tashqi savdo ekspansiyasining samarali vositasi
hisoblanadi. Boshqa tomondan, kapitalni import qilish qabul qiluvchi
tomonning iqtisodiy rivojlanishini tezlashtiradi.
Zamonaviy sharoitda kapitalni chiqarish bir qator xususiyatlarga
ega.
Birinchidan, bugungi kunda sanoati rivojlangan davlatlar o'rtasida
xususiy kapital harakati kuchaymoqda va xususiy kapital eksportining
3⁄4 dan ortig’ini tashkil etadi. Xalqaro kreditlarning umumiy hajmida
rivojlanayotgan mamlakatlarning ulushi kamaydi.
Ikkinchidan, kapitalni eksport qilishda davlatning roli o'zgardi.
Xususiy kapital eksportining oddiy himoyachisi bo'lgan davlat o'zi
moliyaviy resurslarning eng yirik eksportchisi bo’lmoqda.
Uchinchidan, integratsiya jarayonlarini rivojlanishi va transmilliy
korporatsiyalarning (TMK) o'sishi bilan bog'liq
holda kapital
harakatining shakllari o’zgardi.
87
Kapital eksporti (import) mulkchilik shakliga ko’ra uch turga
bo’linadi:
a) asosan yirik sanoat kompaniyalari va banklar tomonidan
amalga oshiriladigan
xususiy kapital eksporti;
b) davlat byudjeti hisobidan hukumat yoki davlat tashkilotlari va
kompaniyalari tomonidan amalga oshiriladigan kapitalni davlat
tomonidan olib chiqish;
v) xalqaro valyuta-moliya kompaniyalari
va tashkilotlari
tomonidan kapitalni eksport qilish.
Dostları ilə paylaş: