Buxoro davlat universiteti raxmatullayeva f. M., Abdulloyev a. J., Giyazova n. B., Narzullayeva g. S


Jahon iqtisodiyotida xorijiy investitsiyalr dinamikasi va



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/93
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210759
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   93
12740 2 A33B8B49E6EAD09463E261CBFE4E14A01B14D4D4

9.2. Jahon iqtisodiyotida xorijiy investitsiyalr dinamikasi va 
turlari 
 
Hozirgi sharoitda mamlakatlar iqtisodiyoti uchun ish bilan 
bandlikni oshiruvchi, ishlab chiqarishning o'sishiga va byudjetga 
tushumlarning oshishiga yordam beruvchi investisiyalar zarurdir. 
Rivojlanayotgan 
mamlakatlar 
va 
o'tish 
davri 
mamlakatlari 
iqtisodiyotida bevosita investisiyalar muhim ahamiyat kasb etmoqda. 
Iqtisodiyotni tarkibiy tub o'zgartirish, ishlab chiqarishning texnik 
darajasini va mahsulotning milliy, hamda jahon bozoridagi 
raqobatbardoshligini 
oshirish 
vazifalarini 
uzoq 
muddatli 
moliyalashtirish omili bo'lgan to’gridan-to'g'ri investisiyalarsiz amalga 
oshirib bo'lmaydi. 
Xorijiy investisiyalar sifat jihatidan turli tumanligi bilan 
tavsiflanadi, turli xil maqsad va vazifalarni ko'zlaydi. To'gridan-to'g'ri 
xorijiy investisiyalar xususiy tadbirkorlik sarmoyasi eksportining 
asosiy shakli bo'lib, samarali nazorat o'rnatishni ta'minlaydi va chet 
eldagi kompaniya ustidan bevosita egalik qilish huquqini beradi. 
Boshqacha so'zlar bilan izohlaganda, TTXI – bu uzoq muddatli foydani 
va investorning korxona boshqaruviga salmoqli ta'sir etishini ko'zda 
tutuvchi uzoq muddatli sarmoya oqimi. Aynan "ta'sir etish va nazorat" 
to’gridan-to'g'ri investisiyalarni portfel investisiyalar va xalqaro 
sarmoya oqimining boshqa shakllaridan farqlantiruvchi o'ziga xos 
unsurdir. To'gridan-to'g'ri xorijiy investisiyalar uchun odatda 
investorlarning bozordan tez chiqib ketish imkoniyatidan mahrumligi; 
yuqori darajadagi tavakkalchilik, katta miqdordagi mablag’ va sarmoya 
kiritishning yuqori muddatlari xosdir.
To'gridan-to'g'ri xorijiy investisiyalar xorijiy investorlarning 
mazkur mamlakatda ishlab chiqarishni joylashtirish qaroriga ta'sir 


88 
etuvchi, ya'ni motivasiyasi omillariga ko'ra quyidagicha tasniflanadi: 
resurslarni ko'zlovchi TTXI (resource seeking FDI); samaradorlikni 
oshirish maqsadidagi TTXI (efficiency seeking FDI); bozorni 
kengaytirish maqsadidagi TTXI (market seeking FDI); strategik 
aktivlarni ko'zlovchi (strategic asset seeking FDI).
1

Resurslarni ko'zlovchi TTXI (resource seeking FDI) – xorijiy 
investor sarmoya kiritishining klassik motivasiyasi bo'lib, 
rivojlanayotgan davlatning arzon tabiiy resurslarga boyligi ularni 
jalb etadi va bu investisiyalardan asosiy maqsad tabiiy resurslarni 
ichki bozor hamda eksport uchun qazib olish va ishlov berish. 

Samaradorlikni oshirish maqsadidagi investisiyalar (efficiency 
seeking FDI) – ishlab chiqarish xarajatlari past va ishlab 
chiqarishda ishchi kuchidan intensiv foydalanish mumkin bo'lgan 
iqtisodiyotlarga sarmoya kiritish, ya'ni global bozor uchun ishlab 
chiqarishda band bo'lish. 

Bozorni kengaytirish maqsadidagi investisiyalar (market seeking 
FDI) – bu importga qat'iy cheklovlar qo'yilgan bo'lsa, import 
o'rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarish va rivojlanayotgan 
mamlakatlarning mahalliy bozorlariga kirish maqsadida ishlab 
chiqarish sektoriga investisiya kiritish, ya'ni keng miqyosda ichki 
bozorga xizmat ko'rsatish. Qo'shimcha sabablar transport 
xarajatlari, mahalliy iste'molchilar dididagi farqlar va boshqalar 
bo'lishi mumkin. 

Strategik aktivlarni ko'zlovchi (strategic asset seeking FDI) – 
investorlarga raqobatda ustunlik yaratuvchi va ko'p hollarda 
boshlanayotgan monopoliyani beruvchi aktivlarni qidirish, ya'ni 
nou-xau, ilmiy tadqiqotlarga investisiya kiritish. 
Yuqorida 
ta'riflab 
o'tilgan 
to'gridan-to'g'ri 
xorijiy 
investisiyalarning barcha turlari iqtisodiy rivojlanishga yordam 
bergani bilan, rivojlanayotgan va o'tish davri mamlakatlarining 
barchasi ham xorijiy investisiyalarni jalb qilish uchun bir xilda 
yaxshi qurollanagan, ya'ni qulay investisiya iqlimiga ega deb 
bo'lmaydi. 
Masalan, 
"resurslarni 
ko'zlovchi" 
investorlar 
mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasiga uncha e'tibor bermay, 
asosan tabiiy resurslar bilan boyligiga ahamiyat beradilar. 
Rivojlanayotgan mamlakatlarning barchasida ishlab chiqarish 
xarajatlari past va yetarli ishchi kuchi bor, agar qulay investisiya 
1
Dunning J. The Globalization of Business, Routledge, London.1993 


89 
iqlimi mavjud bo'lsa, "samaradorlikni ko'zlovchi" xorijiy 
investisiyalar oqimi oshadi. Mazkur mamlakatlarning barchasida 
ham "bozorni ko'zlovchi" xorijiy investisiyalarni jalb qilish uchun 
ko'p sonli aholi mavjud emas, lekin ular ochiq savdo siyosatini olib 
borishlari tufayli kattaroq va jozibaliroq mintaqaviy bozorlarni 
yaratish orqali bunday investisiyalarga erishishlari mumkin. Bu har 
bir mamlakatda yaratilgan investisiya iqlimiga bog’liqdir. 
Portfel investitsiyalar — bu kapitalni xorijiy korxonalar qimmatli 
qog‘ozlariga (korxona ustav kapitalining 10 %dan kam qismini) 
kiritish shaklida olib chiqib ketish bo‘lib, investorlarga ular 
faoliyatini bevosita nazorat qilish imkonini bermaydi.
Ushbu turdagi tadbirkorlik kapitalini olib chiqib ketishning o‘ziga 
xos belgilari 9.1.-jadvalda yaqqol namoyish etilgan.
9.1.-jadval

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin