92
Jahon banki tomonidan rivojlanayotgan
mamlakatlardagi xorijiy
investisiyalarni kafolatlash bilan shug'ullanuvchi Investisiyalarni
kafolatlashning ko'ptomonlama agentligi MIGA (The
Multilateral
Investment Guarantee Agency) ni tashkil etish to'g'risidagi
Konventsiyaning asosiy nizomi loyihasi ishlab chiqildi va qabul qilindi.
1988 yil 12 aprel bu tashkilotga asos solindi va u Jahon banki
guruhining a'zosi hisoblanadi.
MIGAning asosiy funktsiyasi xususiy investorlarni qo'shimcha
kafolatlar bilan ta'minlash va xorijiy
sarmoyani qabul qiluvchi
davlatdagi investisiya iqlimini takomillashtirish bo'yicha xizmatlar
ko'rsatish orqali rivojlanayotgan a'zo mamlakatlarga ularning iqtisodiy
o'sishini jadallashtirish uchun xorijiy
investisiyalarni kiritishni
rag'batlantirish.
MIGA faoliyatining turlari:
-
Investorlarni siyosiy tavakkalchilikdan sug'urtaviy himoya bilan
ta’minlash;
-
Mablag'larni
investisiyalash
imkoniyatlari
to'g'risidagi
axborotlarni tarqatishda mamlakatlarga texnik yordam ko'rsatish;
-
Investisiyalar bilan bog'liq nizolarni
hal etishda vositachilik
xizmatlarini ko’rsatish va h.z.
MIGA tomonidan siyosiy tavakkalchilikdan beriladigan kafolatlar
xorijiy investorlarga o'z investisiya dasturlarini amalga oshirish bilan
bog'liq bo'lgan faqat iqtisodiy va kredit tavakkalchiligiga e'tiborni
qaratish imkonini beradi. Ammo moliyaviy tashkilotlar va sug'urta
tashkilotlarining aksariyati siyosiy beqaror bo'lgan
rivojlanayotgan
mamlakatlarda
yuzaga
keladigan
notijorat
tavakkalchiligidan
sug'urtalashni o'z zimmalariga olishni xohlamaydilar. Shunday qilib
MIGA mazkur bo'shliqni to'ldirishga xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: