Buxoro davlat universiteti raxmatullayeva f. M., Abdulloyev a. J., Giyazova n. B., Narzullayeva g. S



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/93
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210759
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   93
12740 2 A33B8B49E6EAD09463E261CBFE4E14A01B14D4D4

Nazorat savollari: 
1.
Tarif va savdo bo'yicha bosh bitimni (GATT) tashkil etish 
zaruriyati nimada? 
2.
GATT/JST doirasida amalga oshirilgan muzokaralarda asosiy 
e'tibor nimaga qaratilgan? 
3.
GATT/JST doirasida amalga oshirilgan muzokaralar bosqichlarini 
sanab o’ting. 
4.
GATT/JST doirasida amalga oshirilgan muzokaralarning qaysi 
bosqichida muhim qarorlar qabul qilingan?
 
7-MAVZU. TASHQI SAVDO VA UNI BOSHQARISH
 
7.1. Tashqi savdoning mohiyati, rivojlanish bosqichlari va uning 
modellari 
7.2. Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning iqtisodiy usullari 
7.3. Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning ma'muriy (tarifsiz) 
chora-tadbirlari 
 
Tayanch iboralar: 
notarif usullar, kvotalash, lisenziyalash
eksportni ixtiyoriy cheklash, subsidiyalar.


65 
7.1. Tashqi savdoning mohiyati, rivojlanish bosqichlari va uning 
modellari 
Ma’lumki, XVI-XIX asrlar davomida buyuk geografik 
kashfiyotlar, sanoat to‘ntarilishi va yaxlit milliy davlatlarning vujudga 
kelishi tashqi savdo operatsiyalari hajmi va nomenklaturasini sezilarli 
kengayishiga sabab bo‘ldi. Shu sababli ham xalqaro savdo 
nazariyalarini o‘rganishga katta e’tibor qaratildi. Klassik siyosiy 
iqtisodning asoschilaridan biri A. Smit o‘zining “Xalqlar boyligining 
tabiyati va sabablari to‘g‘risida tadqiqotlar” deb nomlangan mashhur 
kitobida mamlakatlar o‘rtasidagi savdoning nazariy modelini 
yaratishga katta e’tibor qaratadi, mamlakatlar geografik joylashuvining 
har xilligi natijasida u yoki bu tovarlarni ishlab chiqarish xarajatlari bir 
xil bo‘lmasligi tufayli yuzaga keladigan xalqaro mehnat taqsimoti bu 
modelning asosini tashkil etadi. 
Buyuk iqtisodchi ilgari surgan tamoyilda ratsional fikrga 
tayanuvchi xo‘jalik sub’ektining maqsadga muvofiq muomala 
tamoyillari tashqi savdo sohasiga ko‘chiriladi: tadbirkor o‘z 
mamlakatidagiga nisbatan past narxda xorijdan tovar sotib olar ekan, 
o‘z mamlakatida ma’lum ustunliklar natijasida ishlab chiqarish arzon 
tushadigan tovar tayyorlashni maqsad qiladi. Bunday vaziyatda 
davlatning xalqaro savdodagi roli eng kam darajaga pasaydi, tovarlar 
oqimini esa, bozordagi “ko‘rinmas qo‘l”, ya’ni raqobat belgilaydi. 
Shunday qilib, mehnat taqsimoti va mamlakatlarning o‘zlari 
mutlaq ustunlikka ega bo‘lgan tovarlarni ishlab chiqarishga 
ixtisoslashuvi, keyinchalik, esa, ya’ni ichki ehtiyojlari qondirilgandan 
so‘ng, bu tovarlarni boshqa mamlakatlarda kam sarf harajatlarga ega 
bo‘lgan tovarlarga ayirboshlash o‘zaro savdo qiluvchi mamlakatlarga 
resurslarni tejash hisobiga xarajatlarni qisqartirish imkonini beradi. 
Demak, mamlakatlarni kamroq xarajatlar bilan biror bir mahsulot 
ishlab chiqarishga ixtisoslashuvi shu mamlakat uchun qo’shimcha 
foyda keltiradi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning an’anaviy va eng 
rivojlangan ko‘rinishi tashqi savdo hisoblanadi. Xalqaro iqtisodiy 
munosabatlar umumiy hajmining 80 % i savdoga to‘g‘ri keladi. 
Har qanday mamlakat uchun tashqi savdoning roli nihoyatda 
muhimdir. J. Saksning fikricha, “Dunyodagi har qanday davlatning 
iqtisodiy muvaffaqiyati tashqi savdoda ko’rinadi. Hozirgi davrgacha 


66 
hech bir mamlakat jahon iqtisodiy tizimidan ajragan holda, sog‘lom 
iqtisodiyot hosil qila olgani yo‘q”
1

Tashqi savdo xalqaro mehnat taqsimoti asosida paydo bo‘ladigan 
turli davlatlar tovar ishlab chiqaruvchilari o‘rtasidagi aloqalarning bir 
shakli bo‘lib, u mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro iqtisodiy bog‘liqlikni 
namoyon qiladi. 
Mamlakatlar iqtisodiyotidagi axborot texnologiyalar inqilobi 
ta’siri ostida ro‘y berayotgan tarkibiy o‘zgarishlar, sanoat ishlab 
chiqarishining ixtisoslashuvi va birlashuvi (kooperatsiya) milliy 
xo‘jaliklarning o‘zaro hamkorligini kuchaytirmoqda. Bu esa, xalqaro 
savdoning faollashuviga imkon yaratmoqda. Shu bilan birga xalqaro 
savdo ishlab chiqarishga nisbatan, tezroq o‘smoqda. Tashqi savdo 
aylanmasini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, jahonda ishlab chiqarish 10 
% ga ko‘payganda jahon savdosi 25-30 % ga o‘sib borayotganini 
kuzatish mumkin
2

“Tashqi savdo” deganda bir mamlakatning boshqa mamlakat 
bilan haq to‘lanadigan olib kirish, ya’ni, import va haq to‘lanadigan olib 
chiqish, ya’ni, eksportdan iborat savdosi nazarda tutiladi. 
Tashqi savdo faoliyati tovar ixtisoslashuviga ko‘ra tayyor 
mahsulotlar savdosi, mashina va uskunalar savdosi, xom-ashyo savdosi 
va xizmatlar savdosiga bo‘linadi. 
Dunyodagi barcha mamlakatlarning haq to‘lanadigan tovar 
aylanmasining yig‘indisi xalqaro savdo deb ataladi. 
Tashqi savdo tushunchasining tor doiradagi ma’nosi ham mavjud 
bo’lib, masalan, sanoati rivojlangan mamlakatlarning tovar aylanmasi 
yig’indisi, rivojlanayotgan va qoloq mamlakatlar tovar aylanmasi 
yig’indisi va h.k. 
Barcha davlatlar oldida tashqi savdo bo’yicha o’z milliy siyosatini 
tanlash muammosi yuzaga keladi va bu mavzudagi tortishuvlar ikki asr 
mobaynida davom etib kelmoqda. 
Jahon 
xo‘jalik 
tizimida 
globallashuv 
jarayonlarining 
chuqurlashuvi natijasida milliy iqtisodiyotlarning bir-biriga bog‘liqligi 
ortib, tashqi iqtisodiy faoliyat barqaror iqtisodiy o‘sishni 
ta’minlashning muhim omiliga aylanib bormoqda. Bunday sharoitda 
1
Международная экономика - Алексей Киреев, часть - I, Москва, 2000 г. – 325 с. 
2
Trade and Development Report, 2008, UN ва UNCTAD Handbook of Statistics, 2008 уil 
ma’lumotlari.


67 
alohida olingan mamlakat faqat o‘z ichki imkoniyatlariga tayanib 
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda biror bir jiddiy natijalarga erishishi 
mushkul hisoblanadi. 
Garchi so‘nggi yillarda xalqaro iqtisodiy aloqalarda tovar 
eksportiga nisbatan investisiyalarni bevosita xorijga chiqarish yuqori 
sur’atlarda o‘sayotgan bo‘lsa-da, jami jahon xo‘jalik aloqalarining 4/5 
qismi xalqaro savdo hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu, eng avvalo, xalqaro 
savdoning milliy iqtisodiyotdagi ahamiyati va xalqaro iqtisodiy 
aloqalardagi o‘rni bilan izohlanadi. 
Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy iqtisodiyot rivojlanishiga quyidagi 
yo‘nalishlarda ta’sir ko‘rsatadi: 
-
milliy iqtisodiyotning resurslar bazasi kengayadi; 
-
milliy xo‘jaliklarda takror ishlab chiqarish jarayonlari 
intensivlashadi: ommaviy ishlab chiqarishni tashkil etish uchun 
imkoniyat yuzaga keladi, uskunalarning yuklanganlik darajasi 
oshadi, yangi texnika va texnologiyalarni joriy etish samaradorligi 
o‘sadi; 
-
jamg‘arish va sanoatlashuv imkoniyatlari kengayadi, iqtisodiy 
o‘sish sur’atlari jadallashadi, tabiiy va mehnat resurslaridan 
foydalanish samaradorligi oshadi, pirovard natijada mehnat 
unumdorligining o‘sishi yuz berib, kishilar daromadlari ko‘payadi; 
-
eksport hajmining o‘sishi yangi ish o‘rinlarining barpo etilishiga 
olib keladi; 
-
mamlakatning xalqaro ixtisoslashuv darajasi ortadi va h.k. 
Xalqaro savdoning xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida tutgan 
o‘rni esa quyidagilar bilan belgilanadi: 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin