64
Kengashlarni texnik qo'llab-quvvatlash bosh direktor boshchiligidagi
JST kotibiyati tomonidan amalga oshiriladi.
JST doirasida jahon tovar savdosini xalqaro tartibga solish ikki
muhim tamoyilni amalga oshirishni nazarda tutadi: kamsitmaslik (eng
ko'p qulaylik yaratish tartibi) va bozorga kirishni ta'minlash. Shunday
qilib, birinchi tamoyil har bir mamlakat boshqa mamlakatlar
bozorlarida eksportini himoya qilish kafolatlarini oladi va milliy
bozorga import qilish uchun teng sharoitlarni ta'minlaydi. Ikkinchisi –
ishtirokchi mamlakatlarning savdo rejimlari masalalarida oshkoralik va
shaffoflik bilan ta'minlanadi.
JST BMTning faoliyat doirasiga kirmaydi. Bu unga o'z mustaqil
siyosatini amalga oshirish va qabul qilingan kelishuvlarga rioya qilish
bo'yicha ishtirokchi mamlakatlar faoliyatini nazorat qilish imkonini
beradi.
Dostları ilə paylaş: