69
-
Tovarlarning kelib chiqish mamlakati (Mumkin qadar qulaylik
yaratish rejimi yoki preferensiyalarning umumiy rejimi).
-
Bojxona qiymati va uni aniqlash usullari.
-
Bojxona tartibi
Bojxona bojlari bojxona tarifida birlashtiriladi – tashqi iqtisodiy
faoliyatning tovar nomenklaturasiga muvofiq tizimlashtirilgan,
qonunchilik darajasida belgilangan bojxona bojlari stavkalari majmui.
Shuningdek, bojxona tarifi tushunchasi, tashqi savdo siyosatining
maxsus vositasi va bojxona bojining aniq stavkasini bildiradi. Hozirgi
vaqtda har bir tovar guruhi uchun ikki yoki undan ortiq stavkalarni
belgilaydigan "ko'p pog’onali tariflar" keng tarqalgan. Ular ma'lum bir
mamlakatga (mamlakatlar guruhiga) qo'llaniladigan
savdo-siyosiy
rejimga
qarab,
bojxona
to'lovlarining
differentsiatsiyalashgan
stavkalaridan foydalanishga imkon beradi, ya’ni bir xil tovarlardan turli
darajadagi bojlar undiriladi.
Bojxona solig’i – muayyan mamlakatning bojxona chegarasini
kesib o'tishda olinadigan soliq.
Bojxona boji – import, eksport yoki tranzit vaqtida bojxona davlat
organlari tomonidan undiriladigan majburiy to'lov bo'lib, bu
boshlang'ich narxni oshishiga olib keladi.
Bojlar quyidagi uchta vazifani bajaradi:
1) fiskal – import va eksport bojlariga taaluqli, chunki ular davlat
byudjetining tushumlaridan biridir;
2) protektsionistik (himoyalovchi) –
import bojlarini nazarda
tutadi, chunki ularning yordami bilan davlat mahalliy ishlab
chiqaruvchilarni xorijiy raqobatdan himoya qiladi;
3) balanslovchi – ayrim sabablarga ko'ra ichki narxi jahon
narxidan past bo'lgan mahsulotlar eksportining oldini olish uchun
belgilangan eksport bojlarini nazarda tutadi.
Bojxona bojlari quyidagicha tasniflanishi mumkin:
-
import bojlari – tovarlarni bojxona
hududiga olib kirishda
olinadigan bojlar.
-
eksport bojlari – eksport tovarlari davlatning bojxona hududidan
tashqariga chiqarilganda olinadigan bojlar.
-
tranzit bojlari – tranzit orqali milliy hududni kesib o'tgan tovarlar
uchun olinadigan bojlar. Xalqaro tranzit – bu chet el yuklarini
tashishdir, unda jo’natish va borar joylari ma'lum bir mamlakatdan
tashqarida bo’ladi.
70
Hisoblash yoki undirish usuliga ko’ra:
-
Advalor – soliqqa tortiladigan tovarlarning bojxona qiymatidan foiz
shaklida undiriluvchi boj.
-
Spesifik – soliqqa tortiladigan tovarning har birligidan belgilangan
miqdorda undiriladi.
-
Aralash – yuqoridagi har ikkala turdagi boj birgalikda qo’llaniladigan
boj.
Kelib chiqishiga ko’ra:
- Avtonom – davlat hokimiyati organlarining bir tomonlama
qarorlari asosida belgilanadi. Uning stavkalari tashqi
savdo hamkorlari
bo'lgan mamlakatlar bilan kelishmasdan vakolatli organning qarori
bilan o'zgartirilishi mumkin.
- Konvension – ikki yoki ko'p tomonlama savdo shartnomasi
(kelishuv) asosida belgilanadi. Bunday bojlar faqat ushbu hujjatda
ko'rsatilgan mahsulotlarga nisbatan qo'llaniladi. Bunday bojlarning
stavkalari bir tomonlama o'zgartirilishi
mumkin emas; ularni qo'llash
muddati tegishli hujjatning amal qilish muddati bilan belgilanadi.
- Imtiyozli (preferentsial) – muayyan mamlakatlardan muayyan
tovarlarni import qilishni rag'batlantirish uchun chegirmali holda
qo'llaniladigan imtiyozli bojlar.
Qo’llash xarakteriga ko’ra:
-
Kompensatsion – ishlab chiqarilishida subsidiyalar ishlatilgan
tovarlarni import qilish milliy ishlab chiqaruvchilariga zarar
yetkazgan yoki ularning faoliyatini tashkil
etish va kengaytirishga
to'sqinlik qiladigan hollarda qo’llaniladigan bojlar.
-
Dempingga qarshi – mamlakat xududiga o'zining haqikiy narxidan
past narxda tovar olib kirilishi natijasida milliy ishlab
chiqaruvchilarga zarar yetkazilsa, bu mahsulot importidan
undiriladigan boj. Import qilinadigan
tovarlar narxini normal deb
e'tirof etilgan darajaga moslashtirish uchun belgilanadi.
-
Maxsus bojlar – agar tovarlar mamlakatning bojxona hududiga
mahalliy ishlab chiqaruvchilariga zarar yetkazadigan yoki tahdid
soladigan miqdorda va sharoitlarda olib kirilsa himoya chorasi
sifatida; ikkinchidan, boshqa davlatlar
yoki ular ittifoqlarining
mamlakat manfaatlarini kamsituvchi diskriminatsion va boshqa
harakatlariga javob sifatida qo'llaniladi